Rossiyada «Orexov jinoiy guruhi» deb atalgan jinoiy töda killeri, «Saşa Soldat» laqabli Aleksandr Pustovalov 2023 yil 18 noyabr kuni ozod qilingan.

U 16 noyabr kuni Tver viloyati Monino qişloğidagi qattiq tartibli koloniyadan Torjokdagi koloniyaga ötkazilgan. Killer aynan öşa yerdan ozod qilingan.

Pustovalov OAV e’tiborini tortmaslik uçun koloniyani yaşirinça tark etgan.

Jinoyat olami yetakçilari va huquq-tartibot idoralari xodimlarini öldirgan Aleksandr Pustovalov umumiy hisobda 24 yil qamoqda ötirdi. U 1999 yilda 30 dan ortiq odamni öldirganlikda ayblanib qölga olingan va 24 yilga qamalgandi.

U ozod qilinganidan keyin uç yil davomida politsiyada röyxatdan ötişi kerak, şuningdek, Moskvadan çiqib ketişi va tunda köçaga çiqişi taqiqlangan.

Xöş, «Saşa Soldat» kimlarni öldirgan va uning uşlanişi jarayoni qanday bölgan? Quyida şu haqida hikoya qilamiz.

IIVga işga kirmoqçi bölgan yigit qanday qilib jinoyatçiga aylandi?

Aleksandr Pustovalov 1973 yilda Moskvada tuğiladi. Bola kambağal oilada otasiz ösadi – uni boğçada işlaydigan onasi tarbiyalaydi. Maktabda Pustovalov dzyudo bilan şuğullanadi va pianino çalişni örganadi. Öqişdan böş vaqtlarida u «Xalq otryadi»da işlab, militsiyaga yordam beradi.

Sakkizinçi sinfni tugatgandan söng ösmir zavodlardan biriga işga kiradi. Hamkasblari uni ança qobiliyatli, tajribali, hunarmandlar boş qotiradigan muammolarni hal qila oladigan mehnatkaş va topqir işçi sifatida eslaşadi.

1991 yilda Aleksandr Pustovalov armiya safiga çaqiriladi va dengiz piyoda qöşinlari korpusiga qöşiladi. 1993 yilda uyga qaytgaç, yigit Içki işlar vazirligining tezkor otryadiga işga kirişga harakat qiladi.

Ammo oliy ma’lumoti bölmagani uçun uni işga qabul qilişmaydi. Pustovalovga post-patrul xizmatida işlaş taklif qilinadi, biroq u rad etadi.

Ana şunday kunlarning birida Aleksandrni 90-yillarda Moskvadagi «Orexov» uyuşgan jinoiy guruhi payqab qoladi.

Bu şunday sodir bölgandi: kunlarning birida Pustovalov barda ötirganida u yerga bosqinçilar hujum qilişadi. Aleksandr ularning barçasini osongina yer tişlatadi.

Şunda barda bölgan jinoiy guruh a’zolari uni köz ostilariga olib qöyişadi va köp ötmay Pustovalovga «qöriqlaş kompaniyasi»da işlaşni taklif qilişadi.