21 noyabr kuni ertalab 8:20 larda Uçköprik tumani, Mehnatobod MFY hududida 23 yoşli haydovçi Ş.E “Isuzi” rusumli avtomobilida oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil işorasida töxtab turgan Damas bilan töqnaşdi. Bu haqda Farğona viloyati IIB Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Yöl-transport hodisasi natijasida “Damas” avtomaşinasi yölovçilari 1987 y.t. M.D va 1988 y.t. G.Q. (ayol)lar tan jarohati olib, voqea joyida vafot etan. 

Şuningdek, hodisa oqibatida yana 2 nafar voyaga yetmagan qizlar, 1 nafar ayol va haydovçi, jami 4 nafar şaxslar tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Ş.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda vafot etganlar soni köproq bölgani va bolalar ham vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Farğona viloyati IIB matbuot kotibi YTHda bolalar vafot etganini rad qildi.