Bugun, 20 noyabyar kuni imzolangan prezident 197-sonli prezident farmoni bilan, ayrim normativ huquqiy hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Unga köra, 2024 yil 1 yanvardan boşlab, Içki işlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining (maxsus va harbiy unvonga ega bölgan xodim hamda harbiy xizmatçilardan taşqari) oylik lavozim maoşlari quyidagiça oşiriladi:
- oliy va birinçi malaka toifalariga ega bölgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun — 15 foizga;
- ikkinçi malaka toifasiga ega bölgan va toifaga ega bölmagan, şuningdek, boşqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun — 10 foizga;
- tibbiyot muassasalarining boşqa xodimlari uçun — 15 foizga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, yuqoridagi tartibda maoşlarning oşirilişi 2022 yil 1 iyundan boşlab umumiy davlat tibbiyot muassasalari uçun tatbiq etilgan edi.












