"Dunyo" xabariga köra, rasmiy marosim Vena şahridagi mazkur taşkilot qarorgohida bölib ötdi.

Marosim doirasidagi suhbat çoğida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ijroçi kotib Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud taşkil etişda Özbekistonning alohida örni borligini ta’kidladi. "Özbekistonda töplangan noyob tajriba e’tiborga loyiq va bu tajriba tarqatişga loyiqdir", dedi u.

Tomonlar taşkilot tomonidan ötkazilgan tadbirlar doirasida Özbekistondan köplab mutaxassislar tayyorlangani va tajriba orttirganini ta’kidladi. Bu Özbekiston  uçun strategik ahamiyatga ega bölib, yadro xavfsizligi va uni tarqatmaslik sohasida kadrlar tayyorlaşga kömaklaşadi.

Özbekistonning yangi elçisi Baxtiyor Ibragimov Avstriya taşqi işlar vazirligiga işonç yorliqlari nusxasini taqdim etdi. U 57 yoşda. Toşkent Xalq xöjaligi institutini (hozirgi Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan. 1992 yildan beri diplomatik xizmatda. Taşqi işlar vazirligining markaziy apparati va Özbekistonning AQŞ va Janubiy Koreyadagi xorijiy muassasalarida işlagan. Venaga elçi etib tayinlanişidan oldin u Özbekistonning Nyu-Yorkdagi BMT huzuridagi doimiy vakili bölgan. U favqulodda va muxtor elçi diplomatik martabasiga ega.