XX asrning eng şov-şuvli qotilligi – AQŞ prezidenti Jon Kennedi qanday öldirilgandi?
|03:01 / 23.11.202344 64716 min
Bundan roppa rosa 60 yil avval, 1963 yil 22 noyabr kuni XX asrning şubhasiz eng şov-şuvli qotilligi sodir etiladi. AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedi omma oldida pistirmadagi snayper tomonidan otib öldiriladi. Garçi MRB va FQB hisobotlarida qotil kimligi haqida yozilgan bölsa-da aksariyat amerikaliklar unga işonmaydi. Ular Kennedini bir kişi emas, bir guruh odamlar avvaldan tuzilgan puxta reja bilan öldirgan deb hisoblaşadi.
Bundan roppa rosa 60 yil avval, 1963 yil 22 noyabr kuni AQŞda misli körilmagan qotillik sodir etiladi. Mamlakat prezidenti Jon Kennedi omma oldida otib öldiriladi.
Qotillik kunduzi prezidentni köriş va olqişlaş uçun çiqqan odamlar köz öngida sodir etiladi. Hodisani öşa yerda bölgan köplab jurnalistlar tasvirga olişadi. Qotillik dunyo böylab katta şov-şuvlarga sabab böladi.
Öşa paytlarda Karib havzasida joylaşgan Kuba oroli tufayli sovet-Amerika munosabatlari juda taranglaşgan edi. Şu sababli Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) va Federal qidiruv byurosi (FQB) Kennedining ölimida KGB va Kubani ayblaydi.
Bir neça yil SSSRda yaşagan va hodisadan biroz avval AQŞga qaytgan amerikalik yigit Kennedini öldirişda ayblanib, hibsga olinadi.
Oradan ikki kun ötgaç gumondorni şahar qamoqxonasidan okrug qamoqxonasiga olib ketişayotganda fuqarolardan biri uni otib taşlaydi.
Köpçilik amerikaliklar prezidentni bir kişi öldirganiga işonmaydi va qotillikni guruh amalga oşirgan deb hisoblaydi.
Jon Kennedi
Demokratlardan çiqqan xalq qahramoni
1960 yilda AQŞning 35-prezidenti etib saylangan Jon Fitsjyerald Kennedi media va omma e’tiboridagi odam edi.
Hollivudça taşqi köriniş, Ikkinçi jahon uruşi qahramoni, meros qolgan katta pul, avtobiografik kitob uçun Pulitser mukofoti – bularning barçasiga ega bölgan Kennedi amerikaliklarning qalbini zabt etgandi.
1960 yilda ötkazilgan prezidentlik saylovida tajribali siyosatçi Riçard Nikson ustidan kiçik farq bilan bölsa-da ğalaba qozoniş uçun 42 yoşli Kennediga şular yetarli böladi.
Biroq Kennedi eng munozarali prezidentlardan biri sifatida Amerika tarixiga kirdi. U AQŞni boşqargan uç yildan kamroq vaqt içida bu davlat içki va taşqi siyosatda bir qator mojarolarga aralaşdi.
Uning davrida Kuba va Ğarbiy Berlin inqirozi sodir böldi. AQŞ Vetnam uruşiga köproq aralaşa boşladi. Içki siyosatda özgarişlar böldi va fuqarolar huquqlari liberallaştirildi. Natijada Amerikaning konservativ jamiyati qutblana boşladi.
Suiqasd
Mavzuga oid
1963 yil 22 noyabr juma kuni Jon Kennedi va uning rafiqasi Jaklin Texas ştatidagi Dallas şahriga uçib borişadi. Bir yildan söng AQŞda prezidentlik saylovlari bölib ötişi kerak edi va Kennedi bu boy şahardan homiylar topişga umid qilgandi.
Prezident va uning rafiqasini Texas gubernatori Jon Konnalli hamda uning rafiqasi kutib oladi. Şundan söng ular Lincoln Continental kabrioletiga ötirib, şahar markazi tomon harakatlanişadi.
Yölda ularni köçalar böylab saf tortgan odamlar qöl silkitib qutlaşar, fotosuratçilar va operatorlar holatni kadrlarga muhrlaşardi. Kabrioletni politsiya va mas’ul taşkilotlar kuzatib borardi.
Kortej Meyn-stritdan ötib Xyuston köçasiga, söng Elm köçasiga buriladi. Soat 12:30 da yaqin atrofdagi maktab kutubxonasi joylaşgan bino tomondan ikki marta öq ovozi eşitiladi.
Birinçi öq Jon Kennedining orqa tomonidan böyniga, ikkinçisi boşiga tegadi. Birinçi öq uzilgan zahoti prezidentni qöriqlab kelayotgan maxfiy xizmat agenti Klinton Xill darhol Kennedi ötirgan maşina tomon yuguradi.
U prezident ötirgan kabrioletga yetmasidan ikkinçi öq uziladi. Klinton darhol tanasi bilan Kennedini tösadi. Kabriolet haydovçisi maşinani darhol kasalxona tomon yeldirib ketadi.
Kennedini Parklend kasalxonasiga olib borişganda u tirik edi. Ammo şifokorlarning barça sa’y-harakatlariga qaramay, prezident soat 13:00 da vafot etadi.
Kennediga otilgan birinçi öq Texas gubernatori Konnallini ham yaralaydi. Öq Kennedining orqa qismiga tegib, böynidan teşib çiqqanidan söng, uning old tomonida ötirgan gubernatorga ham tegadi.
Jon Kennediga öq uzilgan payt
Asosiy gumondor KGB bilan hamkorlik qilganmidi?
Prezident kasalxonaga olib ketilgandan söng politsiya atrofdagi barça binolarni tekşira boşlaydi. Şunda politsiyaçilardan biri Elm köçasidagi binoning oltinçi qavatida miltiq kötargan yigitga közi tuşganini aytib qoladi.
Bino darhol örab olinadi va öq otilgan joy topib boriladi. U yerdan miltiq va uçta böş patron topiladi. Suriştiruv davomida nafaqadagi dengiz piyodasi Li Harvi Osvald ismli şaxs qölga olinadi. Biroq gumonlanuvçi öz aybini tan olmaydi.
Suiqasddan ikki kun ötib, yigit şahar qamoqxonasidan okrug qamoqxonasiga köçirilayotgan vaqtda Jyek Rubi ismli tungi klub egasi uni otib öldiradi. Tergov davomida Rubi bu işni prezidentning ölimi uçun qasos sifatida qilganini aytadi.
Keyinçalik, Osvald AQŞ sotsialistik partiyasi safiga 16 yoşda kirgani, rus tilini örgangani va bir neça yil SSSRda yaşagani ma’lum böladi.
Osvald SSSRda 1959-1962 yillar davomida yaşagandi. AQŞ fuqarosi sifatida Osvald SSSRda har doim kuzatuvda böladi. Şu paytda KGB xodimlari u bilan bir neça marta suhbatlaşişadi. Buni Osvald SSSRda bölganida u bilan uçraşgan va keyinçalik AQŞga qoçib ketgan KGB xodimi Yuriy Nosenko ham tasdiqlagan.
Nosenkoning ma’lum qilişiça, 1962 yil AQŞga qaytgan va Dallas şahriga qöngan Osvald okean ortida işlayotgan KGB josuslari bilan aloqada bölib yuradi. U AQŞdagi KGB josusi bilan sönggi marta Kennedini öldirişidan ikki oy avval muloqotda bölgani aniqlanadi.
1964 yilda Nosenko AQŞga qoçib borganida MRB va FQB Kennedining öldirilişi böyiça tergovni davom ettirayotgandi. Şu sababli uni ham MRBda söroq qilişadi. Nosenkodan Kennedining öldirilişida KGBning roli bölganmi-yöqmi şu haqda söraşadi. U özi bilgan ma’lumotlarni oşkor qiladi.
Li Xarvi Osvald
Nosenkoga köra Osvaldga Kennedini öldiriş KGB tomonidan buyurilmagan. Unda ruhiy muammolar bölgani uçun KGB Osvaldga işonmagan va u bilan hamkorlik qilişni rad etgan.
Biroq Nosenkoning ma’lumotlaridagi ayrim tafsilotlar AQŞga qoçib ketgan yana bir KGB josusi Anatoliy Golitsin bergan ma’lumotlardan biroz farq qiladi.
Boşqa tafsilotlarga köra, Osvald Kuba hukmdori Fidel Kastroning muxlisi bölgan. Sobiq dengiz piyoda askari 1962 yil iyun oyida yoş rafiqasi bilan SSSRdan AQŞga qaytib, Dallasga joylaşadi. Bu yerda u mahalliy sotsialistlar va Kuba hukmdori Fidel Kastroning muxlislari safiga qöşiladi.
MRB ma’lumotlariga köra, Kennediga suiqasddan ikki oy oldin Osvald hatto Meksikaga borgan, u yerda SSSR va Kuba elçixonalariga taşrif buyurgan. KGB zobitlari bilan uçraşgan.
Keyinçalik, iste’fodagi KGB polkovnigi Oleg Neçiporenko Kennedi öldirilişidan ikki oy oldin Osvald bilan uçraşganini tasdiqlaydi. U yigitni «beqaror ruhiyatga ega, ba’zi vaziyatlarda talvasaga tuşib qoladigan xarakterli şaxs» deb ta’riflaydi.
«Sovuq uruş» davridagi qarama-qarşilik va Osvaldning kommunistlar bilan aloqalari inobatga olinsa, KGBning Kennedi öldirilişida iştirok etgani eng asosiy taxmin böladi. Biroq MRB bu haqda jiddiy dalil topa olmagan.
Suiqasddan ikki kun ötib, Kennedini öldirişda asosiy gumondor bölgan Li Xarvi Osvaldni ham otib öldirişadi
Taxminlarga asoslangan dalillar
Agar Kennedining öldirilişida KGBning qöli borligi haqidagi taxmin faqat tasdiqlanmagan fitna nazariyasi bölsa, Osvaldning aybdorligi haqida bir neçta dalillar bor.
Kennediga öq uzilgandan söng jinoyatçi ötirgan joyni topib kelgan politsiya qutilar orasidan sovetlarning Mosin miltiğiga juda öxşaş italiyaliklarning Carcano miltiğini topadi.
Keyinçalik, bu miltiqni Osvald sotib olgani, unda yigitning barmoq izlari topilgani, Kennediga tekkan öqlar undan otilgani aniqlanadi.
Öşanda FQB va MRB xodimlari jurnalistlar iştirokida sinov ötkazişadi. Ular miltiq topilgan joydan Kennedi ketayotgan köçadagi harakatlanayotgan nişonga öq uzib körişadi. Biroq biron kişi qisqa vaqt içida kerakli masofaga yuqori aniqlikda öq uza olmaydi.
Osvald ham mergan emasdi. Şu sababli sinovdan söng MRB va FQBda aslida qotillar köproq bölgan va prezidentga öq uzgan şaxslar qoçgan degan taxmin paydo böladi.
Komissiya xulosasi
Kennedi öldirilgandan söng AQŞ prezidentligi lavozimi vitse-prezident Lindon Jonsonga ötadi. Yangi prezident tomonidan AQŞ Oliy sudi rahbari Erl Uorren boşçiligida prezident Kennedi ölimi sabablarini aniqlaş böyiça maxsus komissiya tuziladi.
Komissiyaning 10 oylik faoliyati natijasida qotillik jinoyat paytida yolğiz harakat qilgan Li Harvi Osvald tomonidan amalga oşirilgan, degan rasmiy xulosaga kelinadi.
Lindon Jonson va Jon Kennedi. Öşa paytda vitse-prezident bölgan Jonson Kennedi öldirilgandan söng AQŞ prezidenti böladi.
Biroq keyinçalik Kennedining ölimi bilan boğliq gap-sözlar va hatto Osvaldning bu qotillikka daxli yöq ekani töğrisida bir-biriga qarama-qarşi turli taxminlar köpayib ketadi.
1966 yilda Nyu-Orlean prokurori Jim Garrison suiqasd paytida olingan fotosuratlar va videolarga tayanib, Kennedi öldirilişi böyiça öz tergovini boşlaydi.
U prezidentga suiqasdni MRBning alohida xodimlari va AQŞdagi kubalik muhojirlarning Kastroga qarşi qöporuvçi guruhlari uyuştirgan deb topadi.
Garrison uç marta öq otilgan deb hisoblaydi. Prokuror asosiy taşkilotçi sifatida uçuvçi Devid Ferri va bankir Kley Şouni körsatadi.
Garrison ötkazgan tergov haqidagi ma’lumotlar ommaga e’lon qilinganidan bir neça kun ötgaç Devid Ferri vafot etadi. Garrison ikki yillik tinglovlar davomida sudda Şouning aybini isbotlay olmaydi. Vakillar palatasi qömitasi tomonidan uning tergov usullari şubhali deb topiladi.
MRB va FQB uçun savollar
Hodisa sodir bölganiga 60 yil böldi, biroq ötgan yillar oraliğida AQŞda Kennedi öldirilişini tergov qiliş masalasiga tez-tez qaytib turişdi.
Şu paytgaça e’lon qilingan ijtimoiy sörovlar natijalariga köra, AQŞ aholisining 70 foizi qotillikning rasmiy versiyasiga işonmaydi. 61 foizi esa Osvald yolğiz harakat qilmagan deb hisoblaydi.
Xulosa şuki, maxsus xizmatlarning barça arxivlarini oşkor qilmasdan, Kennedi öldirilişining rasmiy versiyasini özgartira oladigan biron bir yangi faktni aniqlaş qiyin.
Amerikalik kongressmen Stiv Koenning fikriça, razvedka idoralari Kennedining öldirilişiga doir arxiv hujjatlarini çop etişni sekinlaştirişga harakat qilmoqda.
Çunki arxivdagi oşkor qilinmayotgan hujjatlar va fayllar MRB, FQB va boşqa idoralarning layoqatsizligi yoki qonunbuzarliklarini körsatişi mumkin.
Amerika jurnalistlari, prokurorlar va huquq faollari ötgan yillar davomida Kennedining öldirilişi, şuningdek, bu qotillik ortida kim turgani böyiça mustaqil suriştiruvlar olib borişdi.
Bu borada 600 dan ortiq kitob çop etiladi, bir qança hujjatli filmlar işlanadi. Biroq ularning birontasida öşanda Kennedini kim öldirgani haqida aniq gaplar yöq. Barçasida turli taxminlar ilgari suriladi.
Öşa taxminlarga köra, quyidagilardan biri Kennediga qarşi qilingan suiqasd ortida turgan bölişi mumkin.
SSSR. Asosiy gumondor Li Harvi Osvaldning Amerika sotsialistik partiyasiga a’zoligi, bir neça yil SSSRda yaşagani va suiqasddan biroz avval AQŞga qaytgani, KGB xodimlari bilan doimiy aloqada bölgani Kennedini sovetlar buyurtmasi bilan öldirişgan degan gumonni asosiy öringa olib çiqadi.
Lindon Jonson
Vitse-prezident Lindon Jonson. Jonsonni ayblovçilar bunga asosiy sabab sifatida vitse-prezidentning Kennedilarni umuman yoqtirmaganini va 1964 yilda böladigan saylovda Kennedi ğalaba qozonsa, uni vitse-prezidentlikka qöymoqçi bölmaganini körsatişadi.
Bundan taşqari, manbalar Jonsonning Li Harvi Osvaldning qotili bölgan Jyek Rubi bilan tanişligiga işora qiladi.
MRB. Kennedi davrida Kubada Kastro tuzumini ağdariş uçun taşkillaştirilgan isyon muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Şundan söng Kennedi MRB direktori Allen Dallesni işdan oladi.
Ba’zi manbalarga köra, Kennedi bölajak saylovlarda ğolib çiqqanidan söng MRB faoliyatini maxsus tekşiruvdan ötkazişni rejalaştirgan. Şuning uçun ham MRB rahbariyati tekşiruvda noqonuniy ma’lumotlar jamoatçilikka ma’lum bölişining oldini oliş uçun «prezidentga qarşi fitnaga qöşilgan» degan qaraşlar ham mavjud.
FQB direktori Jon Edgar Guver. Boşqa farazga köra, suiqasd ortida FQB direktori Jon Edgar Guver turgan bölişi mumkin. 1962 yilda MRB boşliği Allen Dalles işdan böşatilgandan söng köpçilik Kennedi Jon Guverni ham işdan olişini taxmin qila boşlaydi.
Kennedi va MRB rahbari Allen Dalles. Kennedi Allenni 1962 yilda işdan böşatgandi.
Guver FQBni 1924 yildan buyon boşqarib kelayotgandi. U öz amalida qoliş uçun prezidentni öldirgan degan taxminlar ham bor. Keyinçalik, Amerika matbuotida Guver FQB yurisdiksiyasini köp bora buzgani va siyosiy rahbarlar töğrisida muhim ma’lumotlar töplab borgani hamda bu ma’lumotlardan prezidentlarga bosim ötkaziş uçun foydalangani töğrisida materiallar çop etiladi.
Hattoki AQŞning 1969-1974 yillardagi prezidenti bölgan Riçard Nikson 1971 yilda kiçik doirada Guverni işdan ololmasligining sabablaridan biri sifatida FQB direktori öziga nisbatan tazyiq ötkazişi mumkinligini körsatgandi.
Kennedi va FQB rahbari Jon Edgar Guver. Kennedining öldirilişi böyiça tuzilgan gumondorlar röyxatida Guver ham bor.
Harbiy-sanoat kompleksi. Bu kompleks mamlakat qurolli kuçlari va uni ta’minlovçi mudofaa sanoati (jumladan, xususiy korporatsiyalar) örtasidagi norasmiy ittifoq bölib, u davlat siyosatiga ta’sir körsatadigan manfaat sifatida qaraladi.
1961 yil 17 yanvarda AQŞ prezidenti general Duayt Eyzenxauer öz lavozimini tark etişidan oldin qilgan xayrlaşuv nutqida xalqni harbiy-sanoat kompleksining qudrati oşib borayotganidan ogohlantirgan, hukumat işlarida uning nojoiz ta’siridan ehtiyot bölişga çaqirgandi.
Kubaliklar. Kennedi davrida Kubada Fidel Kastro tuzumini ağdarib taşlaş uçun bir qança harakatlar qilingan va oqibatda SSSR-AQŞ munosabatlari uruş yoqasiga kelib qolgandi.
Şuningdek, MRB tomonidan Kastroni yöq qilişga urinişlar ham bölgan. Şu sababli kubaliklar ham suiqasd gumonlanuvçilari hisoblanadi.
Milliarder Aristotel Onassis. Kelib çiqişi grek bölgan bu şaxs Kennedilar oilasi bilan 1958 yilda tanişadi va Jaklin Kennadini yoqtirib qoladi. Keyinçalik, 1963 yilda Jaklin Kennedi Onassisning haşamatli yaxtasida dam oladi va bu haqdagi xabar OAVda e’lon qilinadi. Bundan xabar topgan prezident qattiq ğazablanib, xotiniga tezda Vaşingtonga qaytişni buyuradi.
Jaklin Kennedi va Aristotel Onassis nikohdan ötişmoqda. Öşa paytda Onassis 62, Jaklin esa 39 yoşda bölgan
Kennedi öldirilgandan söng beş yil ötgaç, Jaklin Onassis bilan turmuş quradi. Garçi milliarderning nomi gumondorlar röyxatining oxirida kelsa ham qotilni u yollagan bölişi ehtimoli ham bor.
Şuningdek, Kennedining ölimida AQŞ Federal zaxira tizimining öşa paytdagi rahbariyati, Texas neft magnatlari, uyuşgan jinoiy tödalar (mafiya – Kennedi ularni yöq qiliş uçun jiddiy çoralar körgandi) asosiy gumondorlar hisoblanişadi.