Ösmirlar örtasidagi jahon çempionatida Özbekiston öz tarixida ilk marta Angliyani mağlub etib, çorakfinalga yöllanma olgan Osiyoning yagona jamoasiga aylangaç, ingliz matbuoti APL klublari tarbiyalanuvçilarining FIFA reytingida 73-örinda joylaşgan mamlakat jamoasiga mağlubiyatini tanqid qilgan bölsa, xorij naşlari Lazizbek Mirzayevning supergoli va Özbekistonning ğalabasini sensatsiya sifatida baholadi.

The Sun: «Qaqşatqiç zarba»

Buyuk Britaniyaning yirik narlaridan bilan «The Sun» tabloidi Angliya ösmirlar jamoasining JÇ-2023 nimçorakfinalida Özbekistonga sensatsion tarzda mağlub (1:2) bölgani haqida yozib, Indoneziya poytaxti Jakartada qaqşatqiç zarbaga uçraganini sarlavhaga olib çiqqan.

Daily Spors: «Angliya uyiga qaytdi. Özbekiston U17 jamoasidan jahon çempionatida sensatsion yuriş»

Angliyaning «Daily Spors» naşri esa mamlakat ösmirlar jamoasining mundialdan uyiga ravona qilingani haqida yozib, Özbekiston U17 jamoasining çorakfinalga çiqişini sensatsion yuriş deb atagan.

VOI: «Ronaldudan ilhomlanadigan «Britan kuşandasi»

VOI naşri Özbekistonning Angliya ustidan qozongan ğalabasini sensatsiya deb atab, inglizlarning mağlub etilişiga sabab bölgan ğalaba goli muallifi Lazizbek Mirzayevning intervyusini keltirgan. Jarima zarbasidan supergol muallifiga aylangan Özbekiston ösmirlar jamoasi sardori Ronalduga havas qilişi va unga öxşaş uçun bor imkoniyatini işga solayotgani haqida gapirgan. Naşr Özbekiston Indoneziyada mahalliy muxlislar tomonidan ham qöllab-quvvatlanayotganini yozib, endi Osiyo şa’ni uçun ham kuraşayotgan jamoamizga omad tilagan.