Rossiya bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga boşçilik qilgan Oliy radadagi «Xalq xizmatkori» fraksiyasi rahbari David Araxamiya 2022 yil bahorida Rossiya delegatsiyasi Ukraina betaraflikni qabul qilib, NATOga qöşilişdan boş torsa, uruşni tugatişni taklif qilganini aytdi.

«Ular deyarli oxirigaça umid qilişgan ediki, biz betaraflikni böynimizga olişimiz uçun şunday kelişuvni imzolaşimizni kutişdi. Bu ular uçun eng katta narsa edi. Agar qaçonlardir Finlandiya qilgani kabi betaraflikni yoqlab çiqsak va NATOga qöşilmaslik haqida majburiyat olsak, ular uruşni tugatişga tayyor edi. Aslida, bu asosiy masala edi», dedi Araxamiya 24 noyabr, juma kuni YouTube-kanalida e’lon qilingan «1+1» telekanali jurnalisti Natalya Moseyçuk bilan suhbatda. 

Kiyevning kelişuvdan boş tortişi sabablari 

Araxamiyaning sözlariga köra, Ukraina tomoni bu taklifni ikki sababga köra qabul qilmagan. Birinçidan, buning uçun Ukraina NATOga a’zo bölişi yozib qöyilgan konstitutsiyani özgartiriş kerak böladi. Ikkinçidan, Rossiya tomoni kelişuvni bajarişiga işonçsizlik bor edi. «Buni faqat xavfsizlik kafolatlari bölgan taqdirdagina amalga oşiriş mumkin edi, biz biror narsaga imzo çeka olmasdik, keta olmasdik, hamma narsa öşa yerda tugagan bölardi, keyin esa ular köproq tayyorgarlik körişgan bölardi, çunki ular, aslida, bunday qarşilikka tayyor emas edi», - dedi siyosatçi. 

Bundan taşqari, Kiyevning qaroriga Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Boris Jonson ta’sir körsatdi, deya qöşimça qildi Araxamiya. «Istanbuldan qaytgaç, Boris Jonson Kiyevga keldi va ular bilan umuman heç narsa imzolamasligimiz kerakligini aytdi», dedi u.