29 noyabrdan boşlab Xorazm viloyati markazi Urganç şahridan Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga parvozlar soni oşiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Qayd qilinişiça, parvozlar soni haftasiga törttaga yetkaziladi. Reyslar seşanba, çorşanba, juma va yakşanba kunlari amalga oşiriladi.
Avvalroq, Rossiya va Özbekiston transport vazirliklari ayrim şaharlar örtasida özaro aviaqatnovlarni köpaytirişga kelişib olgan edi.
Jumladan, Moskva va Urganç örtasidagi qatnovlar haftasiga 7 tadan 14 taga yetkazilişi aytildi. Reyslarning katta qismi Uzbekistan Airways tomonidan amalga oşiriladi.












