Tailand yuragi bo‘lgan Pxuket orolida Andaman dengizining moviy suvi oppoq qumli plyajlarni erkalaydi, quyosh esa ushbu kurortni ommabop qilgan holda, butun yil davomida porlab turadi. Pxuket istalgan didga mos keladigan turli plyajlarni taklif qiladi: manzarali va sokin buxtalardan boshlab, mahalliy bozorlar va o‘yin-kulgi bilan jonlangan plyajlargacha.

Yaqinda Asialuxe Travel kompaniyasi Pxuketga turlar sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maqolada kompaniya Tailandning ekzotik jannatida dam olish haqidagi asosiy savollarga javob beradi: qachon va qanday qilib uchib ketish, viza masalasi, qaysi mehmonxonalarni tanlash va orolda nima bilan shug‘ullanish.

Pxuketga birinchi reys 1 dekabrda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvoz vaqti 6 soatdan ozgina ko‘proq. Parvoz dasturi fevral oyining oxirigacha mo‘ljallangan – haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari Oʼzbekiston havo yoʼllari kompaniyasining qulay avialaynerlarida.

Orolga qachon tashrif buyurgan yaxshiroq

Bu yerdagi ob-havo – har qanday sayohatchining orzusidir. Quyosh butun yil davomida porlab turadi, iliq tropik iqlim esa dam olishni yilning istalgan vaqtida yoqimli qiladi.

Plyajdagi tashvishsiz kunlar, shaffof suvda suzish va chiroyli quyosh botishlari unutilmas taassurotlar qoldiradigan sehrli muhitni yaratadi. Shunchaki dam olishingizni rejalashtiring va uchib keting, ob-havo ishonchingizni oqlaydi.

Orolga sayohat qilish uchun viza kerakmi va qanday hujjatlar talab qilinadi?

O‘zbekiston fuqarolari turistik vizani uchib kelganda 15 kunga olishlari mumkin.

Sayohat uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

 

  • pasport (rejalashtirilgan safar sanasidan boshlab amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmasligi kerak);
  • 4x6 sm o‘lchamdagi bir dona rasm (viza rasmiylashtiriladigan vaqtgacha 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida olingan bo‘lishi kerak);
  • qaytish chiptasining nusxasi (immigratsion xizmatlar mamlakatdan uchib ketish sanasini tekshirishadi, chipta nusxasini uchishdan oldin aeroportda yoki oldindan tayyorlab qo‘yish mumkin);