«Dunyo» xabariga köra, marosim doirasida elçining Avstriya prezidenti bilan suhbati bölib ötdi. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat yakunida Avstriya Prezidenti elçini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning uşbu mas’uliyatli faoliyati Avstriya va Özbekiston örtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirişga xizmat qilişiga umid bildirdi.
Elçi ştab-kvartirasi Vena şahrida joylaşgan Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlaş töğrisidagi şartnoma taşkilotidagi Özbekistonning doimiy vakili sifatida ham rasman akkreditatsiya qilingan edi.
Özbekistonning yangi elçisi Avstriyaga tayinlanişidan oldin Nyu-York şahrida 2017–2023 yillar mamlakating BMTdagi doimiy vakili lavozimida işlagan.

















