Jahon | 11:53 / 28.11.2023
5326
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Mudofaa vazirligi: Rossiya Avdiyivkada rekord darajadagi yo‘qotishlarga uchradi

Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida Avdiyivkaga qilingan hujum butun urush davomida Rossiya uchun eng katta yo‘qotishlarga olib keldi.

Foto: Radio Free Europe/Radio Liberty/Serhii Nuzhnenko via REUTERS

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 27 noyabr, dushanba kuni o‘zining kundalik hisobotida so‘nggi bir yarim oy ichida Rossiya qo‘shinlari butun urush davomida eng ko‘p talafot ko‘rgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

Britaniya mahkamasi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga asoslanib shunday xulosaga keldi. 2023 yil noyabr oyida Ukraina qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning yo‘qotishlari kuniga o‘rtacha 931 kishini tashkil etdi. 

Rossiya yo‘qotishlari Baxmut uchun janglarga qaraganda ko‘proq 

Ilgari Rossiya uchun eng halokatli oy 2023 yilning marti bo‘lgan, o‘shanda Rossiya kuchlari Baxmutdagi janglar paytida kuniga o‘rtacha 776 kishini yo‘qotgan, deya eslatadi hisobot mualliflari. 

«Harbiy razvedka o‘lganlar va yaradorlarning umumiy sonini hisobga olgan holda metodologiyani tasdiqlay olmasa-da, bu raqamlar haqiqatga to‘g‘ri keladi. So‘nggi olti hafta ichida butun urush davomida Rossiyaning eng yuqori talafot ko‘rsatkichlaridan biri kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Og‘ir talafotlar asosan Donbassdagi Avdiyivka shahriga hujum vaqtida kuzatilgan», — deya ta’kidladi Britaniya idorasi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid