Özbekiston Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi raisi lavozimidan ozod etildi. 

“Davlat boşqaruvi” kanali xabariga köra, Şohrux Şorahmedov boşqa işga ötişi munosabati bilan Raqobat qömitasi raisligidan ketgan.

Avvalroq Şohrux Şorahmedov lavozimida ozod etilişi mumkinligi xabar qilingandi.

Prezident ötkazgan 9 noyabr kungi selektorda sut işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş masalasi körib çiqilgan.

Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy işlab çiqaruvçilarga teng şaroit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olişdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi böyiça şikoyatlar köpligi Raqobat qömitasi faoliyatidagi jiddiy kamçiliklardan dalolat ekani ta’kidlandi.

Şu munosabat bilan qömita raisi Ş.Şorahmedovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini körib çiqiş topşirilgandi.

Şohrux Şorahmedov 1977 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1998 yil Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari, prezident administratsiyasi Ijro etuvçi apparati boş konsultanti bölib işlagan.

2019-2020 yillarda — moliya vazirining örinbosari, 2020-2021 yillarda — soğliqni saqlaş vazirining örinbosari, 2021-2022 yillarda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi bölgan.

Şohrux Şorahmedov 2022 yil dekabr oyi oxirida Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi raisi etib tayinlangandi.