A guruhi
«Galatasaroy» – «Mançester Yunayted» (22:45, Sport)
«Bavariya» – «Kopenhagen» (01:00, Yoshlar)
«Mançester Yunayted» «Galatasaray» va «Kopenhagen»ga qarşi öyinlarda ğalabani qöldan çiqargani uşbu guruhdagi haroratni maksimal darajaga kötardi. «Qizil iblislar» endi «Dözax» deb ataladigan Istanbul stadionida faqat ğalaba uçun kuraşişga majbur. Hatto ğalaba qozonib ham, «MYu» özini xavfsiz sezmaydi, keyingi turda «Bavariya» bilan öyinda ham ijobiy natija qayd etişi lozim böladi.
Agar bugun nemislar «Kopenhagen»ni yutadi, deb tasavvur qilsak, jamoalarning imkoniyati quyidagiça: «MYu» Turkiyada ğalaba qozonsa, oçkolari sonini 6 taga yetkazadi. «Galatasaroy» va «Kopenhagen» hisobida törttadan oçko qoladi. U holda inglizlarga sönggi turda «Bavariya» bilan durang öynaş kifoya qilişi mumkin, çunki, «MYu» har ikki raqibi bilan özaro öyinlarda tenglik va umumiy töplar nisbatiga köra ustunlikni qölga kiritadi. Agar Turkiyadagi öyin durang bilan tugaydigan bölsa, katta ehtimol bilan, «MYu» guruhda qolib ketadi. Hammasi sönggi turdagi «Kopanhagen» – «Galatasaroy» öyinida hal böladi. Töğri, şundayam mançesterliklarda imkoniyat qoladi, ammo buning uçun ular «Bavariya»ni yengib, Daniyadagi uçraşuv durang bilan tugaşidan umid qilişiga töğri keladi.
Xullas, hali bu yerda hammasi çalkaş. Uç jamoadan har biri Çempionlar Ligasida kuraşni davom ettirişi, har qaysi biri esa, Yevropa Ligasi iştirokçisiga aylanişi mumkin. Aniq bölgani faqat bitta – «Bavariya» pley-off yöllanmasini hal qilgan va hatto birinçi örinni naqd qilib ulgurgan.

V guruhi
«Sevilya» – PSV (22:45)
«Arsenal» – «Lans» (01:00, Mahalla)
«Arsenal» fransuzlar bilan durang öynasa kifoya, keyingi bosqiç masalasini hal qiladi. Ğalaba esa, Arteta şogirdlariga rasman birinçi örinni kafolatlaydi. Ikkinçi yöllanma uçun esa, hozirça 5 tadan oçkoga ega bölgan PSV va «Lans» da’vogarlik qilmoqda. Albatta, «Sevilya»da ham imkoniyat bor, hatto u qadar kiçik ham emas – masalan, bugungi har ikki öyinda mezbonlar ğalaba qozonsa, sönggi tur oldidan biratöla uç jamoada 5 tadan oçko böladi. Öşanda sönggi turdagi «Lans» – «Sevilya» öyini final maqomiga çiqib ketadi. «Sevilya» ğalaba qozonadigan bölsa, oçkolar böyiça «Lans»ni ham, özaro öyinlaridagi ustunlik tufayli PSVni ham ortda qoldirib, guruhda 2-örinni egallaşi mumkin.















