Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qöllovçi qator manbalar 14-armiya korpusi rahbarining örinbosari general-mayor Vladimir Zavadskiy halok bölgani haqida xabar berdi.
General-mayor Zavadskiyning ölimi haqidagi ilk xabarlar 28 noyabr kuni keçqurun Moskva umumqöşinlar qömondonlik maktabining (MVOKU) yopiq çatida paydo bölgan. Bitiruvçilardan biri Moskva vaqti bilan soat 14:30 atrofida harbiy harakatlar hududida bölib turgan general minada portlab ketganini aytgan. General Zavadskiyning ölimi haqidagi dastlabki xabar Belarusdagi Gusar.by saytiga joylaştirilgan.
29 noyabr kuni general-mayor Zavadskiy göyoki Xarkiv oblastining Izyum şahri hududida halok bölgani haqida «Novorossiya» axborot agentligi xabar tarqatdi, uning muassisi pravoslav oligarx Konstantin Malafeyevga tegişli «Tsargrad Media» hisoblanadi. Lekin Izyum Ukrainaning içki hududi bölib — front çiziğidan taxminan 50 kilometr masofada joylaşgan.
Boşqa ma’lumotlarga köra, Zavadskiy Xerson oblastining Krinki aholi punkti yaqinida halok bölgan, bu yerda Rossiya armiyasi sönggi haftalarda Ukraina qurolli kuçlarining Dnipro daryosi söl sohilidagi platsdarmlariga qarşi kuraş olib bormoqda.
Zavadskiyning ölimi haqidagi xabar «VKontakte» tarmoğida, MVOKU bitiruvçilarini öz içiga olgan «Kreml» mintaqalararo jamoat taşkiloti guruhida ham paydo bölgan.
Zavadskiy Moskva qömondonlik bilim yurtini 2000 yilda tamomlagan, ungaça, 1995 yilda — Ulyanovsk gvardiya Suvorov harbiy bilim yurtini bitirgan. 2018 yildan 2021 yilga qadar general-mayor Moskva oblastida Kantemir tank diviziyasini boşqargan. Halok bölgan çoğida 14-armiya korpusi qömondoni örinbosari lavozimida bölgan.
Tinçlik davrida 14-armiya korpusi dislokatsiyasi Murmansk oblastida bölib, Şimoliy flot qömondonligi böysunuvida edi. Ukrainalik harbiy tahlilçi Konstantin Maşovetsning ma’lumotiga köra, ayni vaqtda 14-armiya korpusi tarkibidagi 80-«arktika» motoöqçilar brigadasi «Dnepr» guruhi safida aynan Xerson oblasti hududida jang qilmoqda. «VÇK-OGPU» telegram-kanali ham general «Dnepr» guruhi mas’ul bölgan hududda halok bölganini, «ammo bu raqib bilan harbiy töqnaşuvda emas, içki hududda mina portlaşi oqibatida röy bergani»ni ma’lum qilgan.
Rossiya mudofaa vazirligi hozirça general-mayor Zavadskiyning halokati haqida heç qanday xabar bermagan. Ammo avval ham vazirlik köp holatlarda, yaqinlari oşkor qilmaguniça, yuqori martabali ofitserlar ölimini rasman tasdiqlamagan.















