UzAuto Motors şartnoma beriş jarayonini töliq onlayn tarzda amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

“Joriy yil avgust oyidan boşlab UzAuto Motors avtomobillar uçun navbatni kamaytirişga qaratilgan qator çora-tadbirlar qabul qilgan edi. Bu işlab çiqariş hajmini oşiriş, şuningdek, avtomobillarni işlab çiqariş jadvali asosida sotiş navbatlarini 3 barobarga, kutiş muddatini esa örtaça 1-3 oyga qisqartiriş imkonini berdi.

Ammo kutiş muddatlari bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş böyiça qilingan yeçimlar, dilerlik markazlarida ommaviy avtomobillar uçun şartnomalarni olişdagi keskinlikni kamaytirmadi, bu esa haqli ravişda iste’molçilar noroziligi kelib çiqişiga sabab bölmoqda.

Bundan avvalgi kontraktatsiyada, dasturiy ta’minotda yuqori yuklaniş tufayli yuzaga kelgan texnik nosozliklar uni sezilarli darajada yangilaş zarurligini körsatdi.

Şu munosabat bilan, UzAuto Motors kompaniyasi Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda UzAutoSavdo tizimini modernizatsiya işlari amalga oşirilib, tizimning texnik jihozlanişini kuçaytiriş böyiça samarali işlar qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Onlayn sotuv böyiça amalga oşirilayotgan işlarning yakunlanişi va onlayn savdoga töliq ötiş vaqti kompaniyaning rasmiy kanallarida qöşimça ravişda e’lon qilinişi aytilgan.

Eslatib ötamiz, xaridorgir avtomobillar uçun kontraktatsiya oxirgi marta 3 noyabr kuni oçilgandi. Şartnomani onlayn tuziş imkoniyati ham mavjudligi aytilgan bölsa-da, kompaniya mobil ilovasida nosozliklar yuzaga kelib, işlamay qoldi. Bu esa jiddiy e’tirozlarga sabab bölgandi.