AQŞ Kongressining Vakillar palatasi respublikaçi Jorj Santosni Kongressdan çetlatişni yoqlab ovoz berdi. Bu haqda CNBC xabar berdi.
Unga 23 ta band böyiça korrupsiyada ayblovlar qöyilgan, jumladan, ma’lumotlarni soxtalaştiriş, homiylar kartalaridan mablağlarni öğirlaş, saylovoldi taşviqoti uçun yiğilgan mablağlarni notöğri işlatiş va boşqalar. Yoş kongressmenni çetlatişni yoqlab 311 kişi ovoz berdi, 114 kişi qarşi böldi.
Jorj Santos 2022 yil kuzida, 34 yoşida Vakillar palatasiga saylangan edi. Biroq, dekabr oyida unga qarşi birinçi ayblovlar paydo böldi. Bunga The New York Times gazetasida Jorj Santos saylovoldi taşviqoti vaqtida öz tarjimai holi faktlarini soxtalaştirgani haqida e’lon qilingan maqola sabab böldi.
Keyinçalik The Wall Street Journal naşri Jorj Santos moliyaviy piramida sifatida tan olingan va unga qarşi sudga da’vo kiritilgan Harbor City Capital kompaniyasida ikki yil işlaganini yozdi.
Jorj Santos AQŞ tarixida Kongressdan çiqarib yuborilgan Vakillar palatasining oltinçi a’zosi böldi. Oxirgi marta bu 20 yildan köproq vaqt oldin sodir bölgan va Jyeyms Trafikant bir neçta jinoyatlarda, jumladan poraxörlikda aybdor deb topilganidan söng Kongressdagi mansabidan mahrum qilingan edi.
Jorj Santos ketganidan keyin AQŞ Vakillar palatasida respublikaçilar soni 221 kişi bölib qoldi. Hozir u yerda 213 nafar demokrat bor va ular allaqaçon böşatilgan öringa öz vakillaridan birini joylaştiriş harakatlarini boşlab yuborgan.
Qonunga köra, Vakillar palatasi a’zosi çiqarib yuborilganidan keyin ön kun içida navbatdan taşqari saylov tayinlanişi, nomzodlar böyiça ovoz beriş esa 70-80 kun içida, fevral oyida ötkazilişi kerak.













