Prezident Şavkat Mirziyoyev Dubay şahriga taşrifining işbilarmonlik tadbirlari doirasida 2 dekabr kuni Birlaşgan Arab Amirliklari investitsiya vaziri, ADQ xoldingi boş ijroçi direktori Muhammad Hasan al-Suvaydiy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuvda TAQA kompaniyasi rahbari Josim Husayn Tabit va Masdar kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil ar-Ramahiy ham qatnaşdi.

Muloqot çoğida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlaş va ilgari suriş masalalari körib çiqildi. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida şeriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Energetika sektoridagi hamkorlik tobora kengayib borayotgani qayd etildi. Bu yönalişda Masdar kompaniyasi bilan strategik şeriklik töğrisida bitim imzolandi.

Uçraşuv yakunida davlat rahbari Masdar boş ijroçi direktori Muhammad Jamil ar-Ramahiyga köp qirrali Özbekiston-BAA munosabatlari rivojiga qöşgan şaxsiy hissasi uçun Özbekistonning yuksak davlat mukofoti – «Döstlik» ordenini topşirdi.

Masdar kompaniyasi Özbekiston energetika sohasida yirik loyihalarni amalga oşirmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli şamol elektr stansiyasi qurilyapti. Uşbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta şamol turbinasi örnatilişi rejalaştirilgan. Şamol elektr stansiyasining ilk quvvatlari 2023 yil yakunida işga tuşiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik stansiya bölişi kutilmoqda.