Özbekiston huquq-tartibot organlari Toşkent şahrida «Baxti Taşkenskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va boşqa şaxslarni qölga oldi. Bu şaxslar tahdid va kuç işlatiş yöli bilan pul mablağlarini qonunga xilof ravişda qölga kiritiş bilan şuğullangan.

Toşkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan «Baxti Taşkenskiy» va «Baxti Yangiabadskiy» laqablari bilan tanilgan 52 yoşli Baxtiyor Zafaroviç Qudratullayev qölga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

U Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi (juda köp miqdorda tovlamaçilik), 276-modda 2-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Bundan taşqari, Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (öta yirik miqdorda tovlamaçilik) bilan gumon qilinayotgan 43 yoşli Dilşod Tölqinoviç Şaripov va 51 yoşli Anvar Boborajaboviç Mirzoxonov ham qölga olindi.

Uşbu şaxslar tahdid va kuç işlatiş yöli orqali pul mablağlarini qonunga xilof ravişda qölga kiritiş bilan şuğullangan.

Jinoyat işi doirasida gumon qilinuvçi Baxtiyor Qudratullayev, Anvar Mirzoxonov va Dilşod Şaripov protsessual tartibda uşlangan. Tergov davom etmoqda. 

«Hurmatli fuqarolar, agar siz uşbu şaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr körgan bölsangiz yoki uşbu şaxslarning jinoiy xatti-harakatlari böyiça ma’lumotlarga ega bölsangiz, Toşkent şahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilişingizni söraymiz. Murojaatçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi», deyiladi IIBB bayonotida.