Indoneziyaning Sumatra oroli ğarbidagi Marapi vulqoni (balandligi 2891 metr) uyğonişi oqibatida 11 kişi vafot etdi, ofat hududida bölgan 12 kişi esa bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Xavfsizlik nuqtai nazaridan ularni qidiriş işlari vaqtinça töxtatilgan.
«Qidiruvni hozirda davom ettiriş juda xavfli», — deydi qutqaruv guruhi vakili Jodi Haravyan.
Marapi vulqonining otilişi 3 dekabr kuni tuşdan söng sodir böldi. Ma’lumotlarga köra, vulqon hududida 75 kişi bölgan. Ulardan 49 nafari evakuatsiya qilingan. Ularning köpçiligi kuyiş tan jarohatini olgan.
Vulqonning kuli 3 km balandlikka qadar yetgan va bir neça qişloqlarni qoplab olgan. Hukumat buning ortidan 2-darajali ogohlantiriş haqida e’lon qildi va aholini vulqondan 3 km uzoqlikda bölişi kerakligini buyurdi.
Marapi — Sumatra orolidagi eng faol vulqonlardan biri. Uning 1979 yil aprelidagi «uyğonişi» sabab 60 kişi hayotdan köz yumgan.
18 ming katta-kiçik orollardan taşkil topgan Indoneziya arxipelagi Tinç okeanining vulqonli olov halqasi nomi bilan tanilgan seysmik faol hududda joylaşgan. Hozirda Indoneziyada 127 ta faol holatdagi vulqonlar mavjud.












