Agar Kongress prezident Jozef Bayden ma’muriyatining qöşimça mablağ ajratiş sörovini ma’qullamasa, Qöşma Ştatlarda yil oxirigaça Ukrainaga moliyaviy yordam körsatiş uçun mablağ yetişmay qoladi. Bu haqda Oq uy boşqaruv va budjet bölimi direktori Şalanda Yang sözlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
«Bu muammoni hal qilişga yordam beradigan sehrli tayoqça yöq. Pulimiz tugab qoldi va vaqtimiz ham deyarli yöq», dedi Yang.
Yang sözlariga köra, qöllab-quvvatlaş borasida kelişa olmaslik «Kiyevni jang maydonida tiz çöktiradi» va Ukrainaning mağlub böliş ehtimolini oşiradi. Prezident ma’muriyati şu haftada 2023 yil oxirigaça mablağ ajratişdan boş tortiş oqibatlari haqida qöşimça ma’lumot berişi kutilmoqda, deb ta’kidladi naşr.
Oktyabr oyi oxirida Bayden Kongressga Ukrainaga 61,4 milliard dollar, şuningdek, Isroil mudofaasini mustahkamlaş uçun 14,3 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam körsatiş böyiça sörov yuborgan edi.
Biroq, Kongressda Kiyevga körsatilayotgan yordam hajmi borasida kelişmovçiliklar yuzaga kelgan. Oq uy va Pentagon Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun resurslar deyarli tugab qolgani haqida bir neça bor xabar bergan.
Ukrainaga moliyaviy yordam körsatiş bilan boğliq muammolar Yevropa Ittifoqida ham kuzatilmoqda. 4 dekabr kuni Financial Times naşri yuqori martabali yevropalik mulozimiga tayanib, bir neça oy oldin va’da qilingan 50 milliard yevrolik yordam paketi böyiça Yevropa Ittifoqi davlatlari haligaça kelişuvga erişa olmaganini xabar qildi.












