O‘zbekiston | 12:49 / 05.12.2023
6930
2 daqiqa o‘qiladi

Daromad bo‘yicha deklaratsiya topshirishdagi davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

Deklaratsiya taqdim etilgandan so‘ng 5 ish kuni ichida soliq organi deklaratsiyaning haqqoniyligini tekshiradi va uni qabul qiladi yoki ma’lumotlarni to‘g‘rilab, deklaratsiyani qayta topshirish haqida xabarnoma yuboradi.

Vazirlar Mahkamasining «Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2022 yil 2 apreldagi 150-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 636-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Deklaratsiyani:

  • Davlat xizmatlari markazi;
  • Elektron soliq xizmatlari portali;
  • YaIDXP ( Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali berish mumkin.

Deklaratsiya taqdim etilgandan so‘ng 5 ish kuni ichida soliq organi deklaratsiyaning haqqoniyligini tekshiradi va uni qabul qiladi yoki ma’lumotlarni to‘g‘rilab, deklaratsiyani qayta topshirish haqida xabarnoma yuboradi.

Jismoniy shaxslarning professional va oliy ta’lim, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan daromad solig‘ini qaytarishga ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Ariza qabul qilingandan so‘ng 10 ish kuni ichida soliq organi murojaatchiga javob xati yuboradi. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid