Amerikaning haftalik TIME jurnali «2023 yil odami»ni e’lon qilişga hozirlik körmoqda. Naşr har yili ötgan 12 oy içida dunyoga eng katta ta’sir körsatgan şaxs, guruh yoki konsepsiyani tanlaydi.
1927 yildan boşlangan an’anaga köra, TIME yaxşi yoki yomon bölişidan qat’i nazar yil davomida sarlavhalarni şakllantirgan şaxslar, konsepsiyalar yoki guruhlarni nomzodlar röyxatiga kiritadi. Turli yillarda röyxatga AQŞ prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris, kenja Martin Lyuter King, Germaniya kansleri Angela Merkel, Rim papasi Fransisk va ekologiya faoli Greta Tunberg kiritilgan.
2022 yilda TIME Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va «Ukraina ruhi»ni «Yil odami» deb e’lon qilgan edi.
«2023 yil odami» 6 dekabr kuni e’lon qilinadi.
Bu yilgi nomzodlar 9 nafar bölib, ular orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bor.
TIME jurnalining qayd qilişiça, 1999 yildan beri Rossiyada hokimiyat tepasida bölgan Vladimir Putin Ukrainada uruş olib borişda davom etmoqda, bu esa keng kölamli bosqindan keyin ikkinçi yildir. 2023 yilda «Vagner» qözğoloni paytida Putin öz hokimiyatiga qisqa tahdid bilan duç keldi, ammo oxir-oqibat Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko vositaçiligida kelişuvga erişgaç, bir guruh yollanma askarlar çekindi. Bu esa uning ta’sirini kuçaytirdi. («Vagner» guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin keyinçalik aviahalokatda vafot etdi). TIME jurnali Putinni 2007 yilda «Yil odami» deb topgan. Şuningdek, bir neça bor da’vogarlar röyxatiga kiritgan, jumladan 2022 yilda ham.
Boşqa nomzodlar quyidagilar:
- «Hollivud hujumçilari» - yil böyi iş taşlagan Hollivud yozuvçilari va aktyorlari. Ularning norozilik tadbiri oqibatida yangi va davom etayotgan şou va filmlarni işlab çiqariş töxtab qoldi - bu şou-biznes sohasida kamdan-kam uçraydigan voqea;
- Si Jinping – Xitoy rahbari 2023 yilda özining misli körilmagan uçinçi muddatiga saylandi va Xitoyning eng qudratli zamonaviy yetakçilaridan biri sifatidagi rolini mustahkamladi. Si Jinping dunyoning 100 nafar eng nufuzli şaxslarini e’tirof etadigan TIME100 röyxatiga 10 martadan köproq kiritilgan. U, şuningdek, TIME naşrining «2017 yil odami» tanlovida ikkinçi bölgan;
- Teylor Svift - «Gremmi» mukofotiga sazovor bölgan qöşiqçi ayol juda muhim yilni ötkazdi: öz albomlarini qayta çiqarib, rekord darajada daromad oldi. Şuningdek, tarixdagi eng muvaffaqiyatli film-konsertni taqdim qildi. U 2017 yilda jinsiy zöravonlikka qarşi çiqqan Silence Breakers guruhi bilan birga «Yil odami» bölgan edi;

















