Rossiya Davlat Dumasi deputatlari Kommunistik partiya (KP) a’zosi Vladimir Blotskiy vakolatlarini muddatidan oldin tugatiş töğrisidagi qaror loyihasini qabul qildi.

Qayd qilinişiça, 4 dekabr kuni Blotskiy öz vakolatlarini tugatiş haqida ariza bergan. Uning iste’foga çiqişi haqidagi qaror Kommunistik partiya Markaziy Qömitasi (KP MQ) bilan kelişilgan.

«U partiya va fraksiya bilan işlaşda davom etadi. Vladimir Blotskiy Davlat Dumasidan ketganidan söng, qişloq xöjaligini rivojlantiriş masalalariga e’tibor qaratadi. Bu, ayniqsa, hozirgi kun tartibida dolzarbdir. Işonçim komilki, Blotskiy xalq korxonalari tajribasidan amaliy faoliyatda foydalanadi va yaxşi natijalarga erişadi», dedi KP MQ raisi örinbosari Afonin.

Vladimir Blotskiy 46 yoşda. U Nijniy Novgorod viloyatidan Davlat Dumasi deputati edi. Blotskiy Dumaning agrar masalalar böyiça qömitasi raisining örinbosari bölib ham işlagan.

2022 yil aprel oyida e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Blotskiy 2021 yil oxirida 3,5 milliard rubl (qariyb 478 trln söm) daromad bilan Davlat Dumasining eng boy deputati böldi.

2021 yilgi deklaratsiyaga köra, Blotskiy töqqizta yer uçastkasi va törtta uy (uçastka va uylardan biri Buyuk Britaniyada joylaşgan), törtta kvartira va avtoturargohda ikkita joyga egalik qilgan. Siyosatçida şuningdek, Porsche Cayenne Diesel va Panamera 4s avtomobillari ham bölgan.

Deputat 2022 yil uçun daromadlari töğrisidagi hisobotni e’lon qilmadi, çunki Rossiya prezidenti Vladimir Putin deputatlar va senatorlarning daromadlari töğrisidagi hisobotlarni umumlaştirilgan şaklda e’lon qiliş haqidagi qonunni imzoladi.