«Salimboy» va «Salimboyvaçça» nomlari bilan tanilgan 73 yoşli tadbirkor Salim Abduvaliyev protsessual tartibda uşlandi. Bu haqda Toşkent şahri IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunga qadar Kun.uz manbasi «Salimboy»ganisbatan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilayotgani haqida xabar bergandi.

U Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Öqotar qurolni qonunga xilof ravişda saqlaş)bilan gumon qilinuvçi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda uşlangan. 

U 2017 yil yanvar oyidan buyon Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisi örinbosari va mamlakat sport kuraşlari assotsiatsiyasi raisi lavozimlarida işlab kelayotgandi. Abduvaliyev sport faoliyatiga qöşgan hissasi uçun 2015 yilda «Döstlik» ordeni, 2021 yilda esa «Xizmat körsatgan sport murabbiyi» unvoni bilan taqdirlangan.

Fuqarolardan jinoiy guruh a’zolaridan jabr körgan bölişsa yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari böyiça ma’lumotlarga ega bölsalar, Toşkent şahri IIBBning 71−206−45−69, 71−206−49−46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99−370−73−94 Telegram raqamiga murojaat qilişlari söralmoqda. Murojaatçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.

  • 2 dekabr kuni Toşkent şahar IIBB poytaxtda huquq-tartibot idoralari tomonidan «köça bollari» va jinoiy guruhlarni aniqlaş va qölga oliş böyiça keng kölamli reydlar ötkazilayotgani haqida xabar bergandi. Tezkor çora-tadbirlar poytaxtda jinoyatçilik bilan boğliq vaziyatni yaxşilaşga qaratilgani qayd etilgan.
  • Köp ötmay Toşkent şahrida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan şaxs qölga olingani ma’lum böldi. U atrofiga jismonan baquvvat şaxslarni töplab, qarzdorlik va boşqa muammolarni qonunni çetlab ötgan holda hal qilib beriş bilan şuğullangan. 
  • Huquq-tartibot idoralari xodimlari, şuningdek, «Baxti Taşkenskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni qölga olgan. Bundan taşqari, öta yirik miqdordagi tovlamaçilikda gumon qilingan yana ikki şaxs qölga olindi. Ularning barçasi 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.