Toşkent şahar IIBB xabariga köra, «Dolzarb qirq kunlik» doirasida ötkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir neça şaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib uşlandi.
Şular jumlasidan, 1985 yilda tuğilgan Buzrukov Buzruk Akmaloviç qölga olingan.

U Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi bilan ayblanmoqda (Bezorilik, ya’ni jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik, uriş-döpposlaş, badanga yengil şikast yetkaziş yoki özganing mulkiga şikast yetkaziş yoxud nobud qiliş).
«Hurmatli fuqarolar agar siz uşbu şaxsdan yoki guruh a’zolaridan jabr körgan bölsangiz yoki uşbu şaxslarning jinoiy xatti-harakatlari böyiça ma’lumotlarga ega bölsangiz, Toşkent şahar IIBBning 71−206−45−69, 71−206−49−46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99−370−73−94 Telegram raqamiga murojaat qilişingizni söraymiz. Murojaatçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi», deyiladi IIBB xabarida.
«Buzruk» laqabli uşbu şaxsning instagramdagi sahifasida 130 mingdan ortiq öquvçi bölib, u sahifasida haşamatli hayotidan lavhalarni joylab boradi.

Jinoyat işi doirasida gumon qilinuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov davom etayotgani ta’kidlanmoqda.
- 2 dekabr kuni Toşkent şahar IIBB poytaxtda huquq-tartibot idoralari tomonidan «köça bollari» va jinoiy guruhlarni aniqlaş va qölga oliş böyiça keng kölamli reydlar ötkazilayotgani haqida xabar bergandi. Tezkor çora-tadbirlar poytaxtda jinoyatçilik bilan boğliq vaziyatni yaxşilaşga qaratilgani qayd etilgan.
- Köp ötmay Toşkent şahrida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan şaxs qölga olingani ma’lum böldi. U atrofiga jismonan baquvvat şaxslarni töplab, qarzdorlik va boşqa muammolarni qonunni çetlab ötgan holda hal qilib beriş bilan şuğullangan.
- Huquq-tartibot idoralari xodimlari, şuningdek, «Baxti Taşkenskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni qölga olgan. Bundan taşqari, öta yirik miqdordagi tovlamaçilikda gumon qilingan yana ikki şaxs qölga olindi. Ularning barçasi 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.












