Amerikalik qöşiqçi ayol Teylor Svift TIME jurnali talqini böyiça «2023 yil odami» deb topildi. 

34 yoşli pop-xonanda boşqa da’vogarlarni, jumladan, Vladimir Putin, Si Jinping, OpenAI asosçisi Sem Altman, qirol Çarlz III, «Barbi» hamda Hollivud aktyorlari va ssenariy mualliflarini ortda qoldirdi. 

17 yillik faoliyati davomida Svift Amerikada (Billboard 200) birinçi örinni egallagan 12 ta albom çiqardi, köplab «Gremmi» va boşqa mukofotlarni qölga kiritdi. U kantri-xonandasi sifatida boşlab, pop-yulduz darajasiga kötarildi, orada ikkita indi-albomni ham taqdim qildi. 

2022 yilda Svift pandemiyadan keyin birinçi marta konsert berişni boşladi - uning keng kölamli Eras Tour jahon böylab gastroli milliarderlar qatoriga kiritdi. 

Odatda TIME hokimiyatning an’anaviy sohalari vakillarini «Yil odami» deb e’tirof qiladi. Biroq, ğayrioddiy ta’siri 2023 yil davomida namoyon bölgan Svift bunday lavozimga ega emasdi. 

«Har bir yilda ezgulik va zulmat bor. 2023 yilning köp qismini zulmat egalladi. Juda köp qadriyatlar barbod bölayotgan dunyoda Teylor Svift çegaralardan oşib ötdi va ezgulik manbaiga aylaniş yölini topdi», deyiladi jurnal bergan ta’rifda. 

Teylor Svift 2017 yilda ham jinsiy zöravonlikka qarşi çiqqan Silence Breakers guruhi bilan birga «Yil odami» bölgan edi. 

1927 yildan boşlangan an’anaga köra, TIME yaxşi yoki yomon bölişidan qat’i nazar yil davomida sarlavhalarni şakllantirgan şaxslar, konsepsiyalar yoki guruhlarni «Yil odami» sifatida e’tirof qiladi. 

2022 yilda TIME Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va «Ukraina ruhi»ni «Yil odami» deb e’lon qilgan edi.