Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev qozoq tilini qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga öz hisobidan 7 mln tenge ajratdi. Bu haqda Zakon naşri xabar bermoqda.
QAZAQ TILI Endowment Qory jamğarmasi rahbari, jamoat arbobi Rauan Kenjyexanulining aytişiça, endaument-fondning an’anaviy jamğarmalardan farqi şundaki, ajratilgan mablağlar sarflanmaydi – ular boşqariladi va investitsiya qilinadi.
Uşbu investitsiyalardan tuşgan mablağlar benefitsiar taşkilotning maqsadlariga erişiş uçun işlatiladi. Bunday maqsadli kapitalga ega jamğarmalar butun dunyoda ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan ta’lim va davlat muassasalarining uzoq muddatli faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun keng qöllanadi, dedi Kenjyexanuli.
Davlat rahbari «Qozoq tili» hamjamiyatiga qozoq tilidagi ommaviy axborot vositalari va bosma mahsulotlarni köpaytiriş, öqitiş uslublarini takomillaştiriş, öqiş savodxonligi va yoziş madaniyatini yuksaltiriş, qozoq tilini mustahkamlaş uçun zamonaviy texnologik yeçimlarni keng joriy etiş kabi qator loyiha va tadbirlarni amalga oşiriş hamda qozoq tilida foydalanuvçilar hamjamiyatini kengaytiriş böyiça topşiriqlar berdi.













