Angren kömir ombori mudiri Muzaffar Ergaşev, «Kömir ta’minot» MÇJ mansabdorlari va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Kun.uz’ga «Özbekkömir» AJdagi manba xabar berdi.

Manba taqdim qilgan hujjatda körinişiça, Angren kömir omboriga joriy yilning iyun oyidan noyabr oyiga qadar 25 112 tonna kömir mahsulotlari qabul qilib olingan. Hisobotlarda uşbu kömirning 21 411 tonnasi ijtimoiy soha muassasalari va aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilgani hamda joriy yilning 11 noyabr holatiga omborda qoldiq 3700 tonna kömir borligi aks ettirilgan.

«Özbekkömir» AJ boş geologining 2023 yil 11 noyabrdagi Angren kömir omborida ötkazilgan markşeyderlik ölçovidagi xulosasiga köra, omborda jami 1805 tonna kömir qoldiqda mavjudligi körsatilgan. Bu orqali ombor mudiri Muzaffar Ergaşev öziga işonib topşirilgan 569 mln sömlik 1895 tonna kömirni rastrata yöli bilan talon-toroj qilib, özlaştirib yuborgani aniqlangan.

Şuningdek, «Kömir ta’minot» MÇJda ötkazilgan soliq tekşiruvlari jarayonida 1 tonna kömir narxi aholiga nisbatan 300 ming 300 söm hamda budjet taşkilotlariga nisbatan 418 ming 245 söm qilib belgilangan bölsa-da, jamiyat tomonidan 2022 yil 26 iyul kunidan 2023 yil 31 oktyabr kuniga qadar 27 ta holatda 15 ta budjet taşkilotiga arzon narxlarda 7 mlrd 869 mln sömlik 30 130 tonna kömir realizatsiya qilingan. Uşbu kömir mahsulotlari belgilangan narxda sotilganida 10 mlrd 958 mln söm qöşilgan qiymat soliği hisoblaş bazasi vujudga kelişi lozim bölgan. Bu orqali 3 mlrd 88 mln söm budjet mablağlari rastrata qiliş orqali talon-toroj qilingan.

Bundan taşqari, jamiyatning tovarlar kirim va çiqim amaliyotlari tahlil qilinganida tegişli qonun talablariga zid ravişda jamiyat tomonidan katta miqdordagi benzin va dizel yoqilğisi, şuningdek, neft mahsulotlari litsenziya va boşqa hujjatlarsiz realizatsiya qilingani aniqlangan.

Uşbu holatlar böyiça Angren kömir ombori mudiri Muzaffar Ergaşev va boşqalarga, şuningdek, «Kömir ta’minot» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Kun.uz oldinroq Angrendagi «kömir mafiyasi» haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Unda kömirni kondan ğayriqonuniy tarzda olib çiqib, fuqarolar va tadbirkorlarga ulgurji sotişni yölga qöygan şaxsning firibgarligi haqida gap boradi. Kun.uz’ga murojaat qilgan fuqarolarning ma’lum qilişiça, mazkur iş doirasidagi tergov hozirda Angren şahridan olinib, Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasiga ötkazilgan.