Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori Davron Tölaganov paqildoqlarning salomatlik va hayot uçun xavfli jihatlari xususida yana bir bor ogohlantirdi.
«Bu mavzuga takror-takror töxtalamiz, paqildoqlarning salomatlik va hayot uçun xavfli jihatlari xususida çiqişlar qilamiz. Lekin, afsuski, bu muammo har qiş faslida qarşimizdan çiqaveradi.
Mana, ötgan mavsumda yangi yil arafasi va bayramdan keyingi kunlarda pirotexnika vositalaridan olingan jarohatlar tufayli markazimiz hamda uning hududiy filiallariga önlab oğir ahvoldagi bemorlar murojaat qildi. Eng yomoni, ulardan 50 foizi şifoxonada uzoq yotib davolanişiga töğri keldi. Hatto ba’zilari hanuz asoratlardan aziyat çekmoqda.
Çunki bunday vositalarning bexosdan qattiq paqillaşi kişilarni çöçitib, yurak-qon tomir tizimiga öta salbiy ta’sir körsatadi. Uşbu holat fojiali ölim bilan ham yakun topişi mumkin:
- Yuz, köz, qöl sohalarida oğir kuyiş jarohatlari;
- közlar şikastlanişi va köriş faoliyati qisman yoki butunlay buzilişi;
- jarohat asorati bilan boğliq plastik operatsiyalarga muhtojlik, kuygan sohalarda dağal çandiqlar;
- qöl barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bölişi paqildoq va salyutlarning salbiy oqibatlaridir.
Qolaversa, pirotexnika vositalari şovqinidan qattiq qörqiş tufayli ruhiy buziliş, surunkali asab va qon-tomir tizimi kasalliklari, qandli diabet, homilaga ziyon yetişi ehtimoli yuqori.
Yaqin masofada pirotexnika paqillaşidan inson barotravma va akustik jarohatlar olib, karlik yoki umrbod quloq şanğillaşi (tinnitus) kasalligiga yöliqişi mumkin».
Eslatib ötamiz, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravişda işlab çiqariş, tayyorlaş, saqlaş, taşiş, jönatiş, ulardan foydalaniş, xuddi şuningdek ularni qonunga xilof ravişda Özbekistonga olib kiriş yoki ötkaziş – huquqbuzarlik aşyolarini musodara qilib, 1 mln 700 ming sömdan 6 mln 800 ming sömgaça jarima solişga sabab böladi.
















