Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, tibbiyot fanlari doktori Davron Tölaganov köp yillar Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda işlab kelgan. 2016-2017 yillarda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş şifokor muovini vazifasini bajaruvçi bölgan.
Birlaştirilgan şoşilinç tibbiy yordam xizmati tarkibiga Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13ta viloyat filiali, 176ta tuman va şahar tibbiyot birlaşmalarining şoşilinç tibbiy yordam bölimlari, 2400dan ortiq tez tibbiy yordam brigadasi, sanitar-aviatsiya xizmati va favqulodda vaziyatlarda aholini tibbiy ta'minlaş tezkor brigadalari kiradi.

















