Bayram arafasida dilxiralikka sabab böluvçi bir holat bor. Bu — paqildoqlar muammosi. Uşbu xavfli «öyinçoq»larni yaşirinça pullayotganlar qonun oldida javob bermoqda. Ammo bunday mahsulotlar xaridori bölgan bolalar salomatligiga nega ota-onalar, keng jamoatçilik befarq? Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov şu boradagi fikrlarini bildirdi.
«Har yili Yangi yil arafasida va bayramdan keyingi kunlarda pirotexnika vositalaridan olingan jarohatlar tufayli birgina markazimizga önga yaqin oğir ahvoldagi bemorlar murojaat qiladi.
Qolaversa, markazning hududiy filiallariga umumiy hisobda 20-30 nafar bemor şoşilinç ravişda olib kelinadi. Eng yomoni, ulardan 50 foizi şifoxonada uzoq yotib davolanişiga töğri keladi.
Yuz, qöl sohalarida oğir kuyiş jarohatlari, közlar şikastlanişi va köriş faoliyati qisman yoki butunlay buzilişi kuzatiladigan bunday bemorlar, afsuski, tegişli muolajalardan keyin ham qator asoratlardan aziyat çekişi mumkin. Hatto bir qismi nogironlikka mahkum böladi.
Qolaversa, yuz, qöl va badandagi dağal çandiqlar paqildoqdan bir umrlik doğ bölib qolişi ehtimoli katta.
Bundan taşqari, pirotexnika vositalari şovqinidan çöçib, surunkali asab va qon-tomir tizimi kasalliklari, qandli diabetga çalingan, umrbod karlikka yöliqqanlar va hali yoruğ dunyo yuzini körmagan zurriyodidan judo bölganlar ham uçraydi.
Şu sababli ota-onalar va jondan aziz farzandlarimizni yana bir bor ogohlikka çaqiramiz», deya uning sözlarini keltirgan SSV matbuot xizmati.
SSV ogohlantiradi: Paqildoqlar bolalarda bir umrlik oğir asoratlar qoldirişi mumkin

















