Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston davlat xizmatchilari bilimini oshirishda Britaniya bilan hamkorlik qiladi
Britaniya tomoni respublika tuman va viloyat hokimliklari vakillari uchun mahorat darslari, qo‘shma trening va o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan takliflarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov Civil Service College bosh ijrochi direktori Jonatan Pirs boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.
“Dunyo” xabariga ko‘ra, uchrashuvda xorijiy tomonga O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirib borish, “Kelajak liderlari”ni shakllantirishning ahamiyati hamda yangi avlod rahbar kadrlarini samarali tayyorlash bo‘yicha pirovard maqsadlar haqida ma’lumot berildi.
Muzokaralar davomida davlat xizmatchilari faoliyatini monitoring qilish va baholash, rahbar kadrlar uchun muntazam o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha Civil Service College vakillarining fikrlari tinglandi.
Britaniya tomoni respublika tuman va viloyat hokimliklari vakillari uchun mahorat darslari, qo‘shma trening va o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan takliflarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
08:54 / 25.06.2026
Yoshlar uchun davlat xizmatiga kirish tartibi soddalashtiriladi
18:43 / 24.06.2026
Korrupsiyaga qarshi ichki nazoratchilarning xavfsizligi kafolatlandi
18:32 / 23.06.2026