Özbekistonda havo haroratining sovib borişi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab oşdi, bu esa aholi iste’molining köpayişiga va gaz bosimining sezilarli pasayişiga olib keldi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.
Vazirlikka köra, 7–16 dekabr kunlari oraliğida kutilayotgan (8 dekabrda 0 daraja, 12 dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo şaroitida ham gaz bosimining pasayişi kutilyapti.
“Şundan kelib çiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida metan zapravkalari işlaş vaqtini çeklaş çoralari körilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar işlaydi.
Mazkur vaqtinçalik çeklov aholi iste’molçilari hamda ijtimoiy obektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlaş maqsadida ayni paytgaça respublikamizning barça hududida kiritildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Vazirlik iste’molçilardan noqulaylik uçun uzr sörab, aholini vaziyat barqarorlaşgungaça tejamkorlikka rioya qilişga çaqirgan.











