Qirğiziston Rossiyaga qarşi sanksiyalarga «imkon qadar» amal qiladi va Rossiya, Ukraina va Yevropa davlatlari bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda Qirğiziston taşqi işlar vaziri Jyeenbek Kulubayev ma’lum qildi.
«Rossiyaga qarşi sanksiyalarga rioya qiliş böyiça kelişuvlar mavjud. Biz Rossiya, Ukraina va Yevropa davlatlari bilan hamkorlik qilamiz. Yevropalik şeriklardan sanksiyalarni buzmaslik talabi bölgan. Biz bunga rozi böldik, lekin talablar bajarilişini har doim ham nazorat qila olmaymiz», dedi Quluboyev.
Uning qöşimça qilişiça, Qirğiziston uruşda Rossiya yoki Ukrainani qöllab-quvvatlay olmaydi, şuning uçun sanksiyalarga «iloji boriça» amal qiladi, çunki ayrim tovarlar «harbiy sanoatga tegişli bölişi mumkin».
«Biz bu mojaroning tinç yöl bilan hal etilişi tarafdorimiz, ammo savdo ham kerak, ayniqsa Rossiya bizning asosiy hamkorimiz bölgan bir paytda», dedi taşqi işlar vaziri.











