Joriy yilning 8 dekabr kuni soat 12:00 dan boşlab Toşkent xalqaro aeroportidagi yöl ötkazgiçga (estakada) çiqiş çeklanadi.

Uzbekistan Airports xabariga köra, Toşkent xalqaro aeroportida keng kölamli rekonstruksiya işlari boşlandi.

Avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirişi uçun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yölovçi tuşiriş yölagi taşkil etiladi.

Şuningdek, terminalda rekonstruksiya işlari olib borilişi munosabati bilan Toşkent xalqaro aeroportining uçib ketiş zaliga kuzatuvçilarning kirişi vaqtinça çeklanadi.