Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi sovitkiçli siğimlar uyuşmasiga a’zo sub’yektlarga kooperatsiya taşkil etgan holda, sovitkiçli siğimlarni quriş va jihozlaş xarajatlarining, şuningdek qiş va bahor oylarida elektr energiyasi iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tartib asosiy turdagi qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaşga möljallangan sovitkiçli siğimlarga ega hamda kooperatsiya asosida iş taşkil etgan Qoraqalpoğiston Respublikasi sovitkiçli siğimlar uyuşmasiga a’zo sub’yektlarga tatbiq etiladi. Bunda sovitkiçli siğimlarni foydalanişga kiritiş va ularni töliq jihozlaş subsidiya oliş şarti hisoblanadi.
Sovitkiçli siğimlarni quriş va jihozlaş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun subsidiya ajratiş böyiça Agro-subsidiya axborot tizimi orqali ariza beriladi.
Işçi guruh ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni, şuningdek, obekt işga tuşirilganligi va/yoki jihozlanganligini ön kun muddat içida joyiga çiqqan holda örganadi.
Subsidiyalar işçi guruhning subsidiya ajratiş maqsadga muvofiqligi töğrisidagi xulosasiga binoan Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligida xizmatlar körsatiş agentligi va sovitkiçli siğimni işga tuşirgan sub’yekt örtasida imzolangan şartnomaga asosan ajratiladi.
Agentlik tomonidan tuman (şahar) elektr tarmoqlari taşkiloti tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma va hisob-fakturalarda körsatilgan elektr energiyasi iste’moli xarajatlarining 50 foizi, lekin har bir hisobot oyi uçun 15 ming kVt soat elektr energiyasi qiymatidan oşmagan miqdori qoplab beriladi.












