Keça, 10 dekabr kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida prezident maslahatçisi örinbosari hamda viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov boşçiligida sessiya bölib ötdi.

Viloyat hokimligi xabariga köra, sessiyada viloyat hokimi qaroriga asosan tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Serobiddin Ismoilovni vazifasidan ozod etiş masalasi körib çiqildi. Deputatlar tomonidan tasdiqlangan holda, tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Tuman hokimi vazifasini vaqtinça bajariş ayni kungaça tuman hokimining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Hojiakbar Umarovga yuklatilgan.

Serobiddin Ismoilov Izboskan tumaniga 2018 yildan beri rahbarlik qilib kelayotgandi.













