“Uşbu şaxs özida noqonuniy ravişda qurollar saqlab kelayotgani töğrisida ma’lumot olingan edi. Şunga asosan tezkor faoliyatni amalga oşirib, şu jinoyat işi doirasida tintuv ötkazib, uyida haqiqatan ham noqonuniy ravişda qurol saqlanib kelinayotganini aniqlab, tergovga tegişli ravişda hujjatlarni taqdim etdik.
Hozir dastlabki tergov olib borilmoqda. Jinoyat kodeksining 248-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va ularga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida qamoq tanlangan”, – dedi Toşxöjayev 12 dekabr kungi matbuot anjumanida berilgan savolga javoban.
Poytaxt IIBB Abduvaliyev hibsga olingani haqida ötgan hafta xabar bergan, öşanda u Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan gumonlanayotgani ma’lum qilingan edi. Ayblov bu moddaning 2-qismiga özgartirilganidan kelib çiqilsa, tergov organi bu holatda öqotar qurolni noqonuniy saqlaş jinoyati takroriy ravişda yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan, deb hisoblayapti.
248-moddaning 2-qismi uçun 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan. Şu bilan birga, kodeksga binoan, qurolni öz ixtiyori bilan topşirgan şaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
73 yoşli Salim Abduvaliyev Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisi örinbosari va Özbekiston sport kuraşlari assotsiatsiyasi raisi hisoblanadi. U sport tadbirlariga homiylik faoliyati uçun 2015 yilda “Döstlik” ordeni, 2021 yilda esa “Xizmat körsatgan sport murabbiyi” unvoni bilan taqdirlangan.
Toşkentdagi reydlar: 27 noyabrdan buyon 103 kişi qölga olingan
Bizda Ğofur Rahimovga nisbatan jinoyat işi mavjud emas — IIBB














