Farğona viloyatining Marğilon şahrida qarama-qarşi yönalişga çiqib harakatlangan Tahoe yöl-transport hodisasini sodir etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan videolar tarqaldi.
Viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati bergan ma’lumotga köra, 2003 yilda tuğilgan Y.M Tahoe’ni boşqarib Marğilon şahar Ahmad Yassaviy va Tinçlik köçalari kesişgan çorrahaga yaqinlaşib kelayotgan vaqtida, yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib harakatlanişi oqibatida öz yönalişida harakatlanib kelayotgan, 1992 yilda tuğilgan T.S boşqaruvidagi Tico bilan töqnaşgan.
Oqibatda Tico haydovçisi va bir nafar yölovçisi tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan Marğilon şahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












