Poytaxtning şarqida odamlar uçun qulay va yangi markaz – Yangi Toşkent quriş loyihasi taqdim qilindi. Yangi Toşkentni Toşkent viloyatining çegaradoş tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqiçma-bosqiç kengaytirib, Çirçiq va Qorasuv daryolari oraliğida quriş rejalaştirilgan.

Yangi Toşkent davlat idoralari, Yangi Özbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlarini öz içiga olgan körkam va zamonaviy markaz böladi.

RABAD quriliş savdo markazi esa Yangi Toşkent hududining ayni markazida joylaşgan.

Poytaxt şarqida, 2 daryo oraliğidagi yangi markaz

Poytaxtdan şarqda, Çirçiq va Qorasuv daryolari oraliğida bunyod etilişi rejalaştirilgan Yangi Toşkent loyihasini amalga oşirişga qizğin tayyorgarlik körilyapti. Şahar loyihasi doirasida tegişli infratuzilma bilan ta’minlanadigan 20 ming gektar maydonda 2 mln aholi yaşaşi uçun mos şaroit yaratiş reja qilingan.

Yangi Toşkentning ma’muriy markazida davlat taşkilotlari, oliy ta’lim va tibbiyot muassasalari, savdo va xizmat körsatiş obektlari, mehmonxonalar, texnopark hamda IT-parklarning bölişi hudud taraqqiyotining muhim belgilari bölib aks etadi. Yangi va istiqbolli şaharda innovatsion texnologiyalar va işlab çiqariş hisobiga 200 ming yangi iş örni yaratiş reja qilingan.

Yangi Toşkentdagi muhim qulayliklardan biri — şaharning barça tumanlari tramvay va metro tarmoğidan iborat yagona transport tarmoği orqali boğlanişidir. Yana eng ahamiyatlisi, şaharning yagona transport tarmoğini "eski" Toşkent metrosining Buyuk ipak yöli va "Döstlik" liniyalari bilan boğlaş reja qilingan. Şunda Yangi Toşkentdan "eski" Toşkentga atigi 30-35 daqiqada qulay tarzda yetib oliş imkoni böladi.

RABAD quriliş savdo markazi joylaşgan nuqta

Ayni şu joyda maqolaning kulminatsion nuqtasi — RABAD quriliş savdo markaziga yetib keldik. RABAD 3 qavatli quriliş savdo markazi bölib, Yangi Toşkent şahrining eng qulay nuqtasida 40 ming kvadrat metr hududni egallagan. Markazda komfort va premium toifalaridagi mahsulotlar ulgurji va çakana savdoga çiqariladigan 350 dan ortiq dökon mavjud.

Dökonlardan quriliş va pardozlaş materiallari, uy-rözğor buyumlari, elektr jihozlari, iqlim tizimlari, xavfsizlik va avtomatlaştiriş tizimlari, mebel uçun furnitura va tayyor mebel, tomorqa va boğdorçilik asbob-uskunalari, maişiy texnika hamda zamonaviy hayot va qulaylikni yaratiş uçun zarur bölgan boşqa köplab narsalar sotib oliş mumkin.