Yaratgan asari öz hayotiga köçgan musiqaçi
Amerikalik qöşiqçi, musiqaçi va gitaraçi Jyeyms Sallivan 1969 yilda özining ilk albomi bilan debyut qildi. U oilasini taşlab, çölda özga sayyoraliklar tomonidan öğirlab ketilgani haqida qöşiq kuylagan. Öşa vaqtda bu mavzu köp muhokama qilinayotgan va Jyeyms Sallivanning qöşiqlari ğayrioddiy hodisa emas edi.
Ammo keyinçalik uning albomi qölma-qöl bölib ketdi. Buning sababi 1975 yil 4 mart kuni Jyeyms özining maşinasidan 120 dollar miqdoridagi pulni olib, oilasiga heç narsa demay uydan çiqib ketadi. Ertasi kuni uni Nyu-Meksikodagi hotelda, bir kundan keyin esa uydan 42 kilometr uzoqlikdagi rançoda körişgan. Keyinçalik Jyeymsning maşinasi çölda ranço yaqinida taşlandiq holda topilgan va musiqaçining özi ğoyib bölgan. Uni oxirgi marta maşinadan uzoqlaşib ketayotganida körişgan.

Maşinadan gitara, kiyim-keçak va özga sayyoraliklar haqidagi yozuvlari topilgan, bu esa talonçilik yoki qotillik versiyasini istisno qilgan. Umuman olganda, Jyeyms Sallivan öz qöşiğining syujyetini butunlay takrorlaydi - ammo uning ğoyib bölişi özga sayyoraliklar tomonidan öğirlanişi bilan boğliqmi yoki yöqligi noma’lum.
Uyiga qaytiş uçun suv osti kemasiga öt qöygan işçi
2012 yilning may oyida Porsmut dengiz kemasozlik zavodida öşa paytda kapital ta’mirlanayotgan va modernizatsiya qilinayotgan “Los-Anjyeles” toifasidagi suv osti kemasi yonib ketdi. Yonğin şunçalik kuçli bölganki, uni öçiriş uçun favqulodda xizmatlar 12 soat vaqt sarflagan. Yetti öt öçiruvçi va ikki ekipaj a’zosi jarohat oladi va qayiq 450-700 million dollar zarar köradi. Yonğinning boşlanğiç nuqtasidagi yonuvçan qoldiqlarning sanoat çangyutgiçiga tuşişi kemaning öt olib ketişiga sabab böladi.

Ammo har tomonlama tekşiruvdan söng, qayiqni ta’mirlaşda işlayotgan kemasozlik işçilaridan biri Keysi Fyuri işni erta tark etmoqçi bölgani ma’lum böldi. Buning uçun u kiçkinagina muammo çiqariş maqsadida kupelardan biriga latta-lattalarni yiğib, öt qöygan. Kutilmaganda, tilsiz yov butun kemani egallab olgan.
Suv osti kemasiga yetkazilgan zarar şunçalik katta ediki, AQŞ harbiy-dengiz kuçlari ta’mirlaşga pul sarflamaslikka qaror qildi va uni şunçaki metall buyum sifatida topşirib yuborişdi. Keysi Fyuri 17 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va tovon puli sifatida 400 million dollar jarimaga tortildi.


















