Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni yoşlar siyosatida amalga oşirilgan işlar va kelgusi yildagi ustuvor vazifalar böyiça hisobot bilan tanişdi. 

Qayd qilinişiça, bu boradagi çora-tadbirlar 7 ta yönalişda amalga oşirilgan. Jumladan, davlatning alohida e’tiboriga muhtoj 396 ming nafar yoşlar mutasaddi rahbarlarga biriktirilib, ular bilan individual işlaş orqali 331 mingining hayotda öz örnini topişiga kömak berilgan. 94 ming nafarining bandligi ta’minlangan, 56 mingi kasb-hunarlarga öqitilgan. 

«Yoşlar daftari» orqali körsatiladigan yordam turlari soni 30 taga yetkazilgan, murojaatlarni körib çiqiş muddati esa 30 kundan 5 kungaça qisqargan. 

Iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Toşkent şahridagi Yoşlar ijod saroyida keçayu-kunduz faoliyat yuritadigan ilk «Kreativ park» foydalanişga topşirilgan. «Zakovat» va boşqa intellektual öyinlarga 2 million nafar yoşlar jalb qilingan. 

Prezidentga Navoiy viloyatida barpo etilgan Tödaköl xalqaro şaxmat maktabi töğrisida ham ma’lumot berildi. 

Zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlangan uşbu maktab yil davomida 1 ming 700 nafar öğil-qizni öqitiş va 7,5 ming nafar yoşni turli tadbirlar bilan qamrab oliş imkoniyatiga ega. U yerda jahon va Osiyo çempionatlari, universiada kabi xalqaro musobaqalarni ötkaziş uçun barça şart-şaroit yaratilgani aytilmoqda. 

Davlat rahbari uşbu maktabga xalqaro grossmeysterlarni olib kelib, olis hududlardagi iqtidorli bolalarni ham jalb qiliş, ular uçun şaxmat böyiça qisqa muddatli oromgohlar taşkil qiliş va tegişli sertifikatlar berişni yölga qöyiş böyiça körsatmalar berdi. Şuningdek, u mamlakatimizdagi barça umumta’lim maktablari uçun tajriba va metodika manbai bölişi kerakligi, şaxmat darslarini olib boriş jarayonini raqamlaştiriş lozimligi körsatib ötildi. 

Yiğilişda yoşlar bilan işlaş borasida 2024 yilga möljallangan ustuvor vazifalarga ham e’tibor qaratildi. 

Har bir hudud, vazirlik va idoralar tizimida yoşlar bilan işlaş böyiça yangiça yondaşuv joriy etiladi. Yoşlar yetakçisi tavsiyasi bilan beriladigan yordam turlari transformatsiya qilinib, asosiy e’tibor ularni zamonaviy kasb-hunarga örgatişga qaratiladi.