Ijtimoiy tarmoqlarda otasi tomonidan kaltaklangani aytilayotgan bolakayning videosi tarqaldi. Videoda közi kökargan öğil bola “Kim urdi?” degan savolga “dadam” deb javob bergan. Bu voqea Urgut tumanida kuzatilgan bölib, hozirgi vaqtda vaziyat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Kun.uz muxbiri holatni örganiş maqsadida Urgutda bölib, bolakayning yaqinlaridan intervyu oldi.

Ma’lum bölişiça, bolakayning ota-onasi bir yarim yildan buyon birga yaşaşmaydi. Uning otasi Ahmad Hamdamov sud qaroriga köra, vaqti-vaqti bilan bolalarni uyiga olib ketadi. Biroq 2023 yil 29 oktyabr kuni bolakay otasining uyidan yuz-közlari kökargan holatda qaytgan.

Bolaning buvisi Malohat Haqnazarova bir yarim yil avval qizi uç bolasi bilan ota uyiga qaytib kelganini bildirdi. Qizi va kuyovi rasman ajraşişmagan bölsa-da, birga yaşaşmaydi. Bolalar uçun aliment belgilangan. Kuyov haftada bir marta bolalarini olib ketiş huquqiga ega.
“Öşa kuni nabiram yuz-közlari kökargan holatda uyga keldi. Yuziga nima qilganini söradim. Dadam urdi, heç kimga aytma, deb tayinladi, deb javob berdi. Şundan keyin nabiramning holatini videoga olib, kuyovimga gapi ötişi mumkin bölgan qarindoşlariga taşlab berdim. Bolani aynan kuyovim urganmi-yöqmi, bilmayman. Ammo bu holat birinçi marta kuzatilmayapti. Kuyovim qizimni ham, bolalarini ham bir neça marta kaltaklagan”, – dedi Haqnazarova.
Bolakayning otasi Ahmad Hamdamov öğlini urganini rad etib, u yiqilib tuşganini aytmoqda.

“Xaqiqatan ham haftada bir marta farzandlarimni uyga olib ketaman. Öğlimni urişga asosim yöq. Öşa kuni yiqilib tuşib, yuz-közlariga jarohat yetkazibdi. Şifoxonaga ham özim olib bordim. Öşa voqeaga guvoh bölganlar ham bor. Içki işlar xodimlari suhbatlaşdi, vaziyatga oydinlik kiritildi. Ijtimoiy tarmoqlarda meni bolasini urdi, deb video tarqatgan insonlarga qonuniy çora körilişini sörayman”, – dedi Hamdamov.
Yuqori Kalangar MFY xotin-qizlar faoli Mehri Yorboboyeva uşbu oilani yaraştiriş uçun bir neça marta harakat qilingani, lekin natija bölmaganini aytdi. Ahmad Hamdamov xotini bilan yaşaş istagi yöqligini bildirgan, lekin xotini yaraşib ketişlariga umid qilib kelmoqda.













