PISA testining 2022 yilgi natijalari e’lon qilindi. Ötgan yilgi testda 81 mamlakatdan 15 yoşli 690 ming öquvçi qatnaşgan. Ular öz mamlakatlaridagi 26 million öquvçining örtaça bilimini aks ettiradi.
PISA testlari özi nima?
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OCED) taşabbusi bilan har 3 yilda bir marta The Programme for International Student Assessment (PISA) xalqaro öquvçilarni baholaş testlari ötkaziladi.
PISA testlari xalqaro tan olingan ölçovdan foydalanib, öqitiş tizimlari, maktablar, öqituvçilar va öquvçilardan ma’lumotlarni töplab, öquvçilar bilimini baholaydi.
Bu test sinovlari 2000 yildan boşlangan. 2022 yildagisi hisob böyiça sakkizinçisi böldi. Testlar öquvçilarning matematika, tabiiy fanlar va öqiş böyiça mahorat hamda bilimini sinovdan ötkazadi. Öquvçilar 2 bosqiçda saralab olinadi. 1-bosqiçida qişloq va şahar hududlaridan aralaş 150 maktab tanlab olinadi. Keyin har bir maktabdan 42 öquvçi ixtiyoriy tanlanadi. Test natijalari 3 guruhga ajratiladi: örtaçadan yuqori, örtaça va past.
Eng yuqori natija Singapurda
Natijalarga köra, matematika yönalişida özbekistonlik öquvçilar 81 davlat orasidan 364 ball bilan 72-örinni egallagan. Matematika savodxonligi böyiça eng yuqori ball qayd etganlar:
- Singapur – 575 ball ( 2018 yildagidan 6 ball ösiş)
- Makao (Xitoy) –552 ball (6 ball kamayiş)
- Xitoy Taypei – 547 ball (16 ball ösiş)
- Honkong – 540 ball (11 ball kamayiş)
- Yaponiya – 536 ball (9 ball ösiş)
- Xuddi şu yönalişda eng past ball qayd etganlar:
- Gvatemala – 344 ball (10 ball ösiş)
- Salvador – 343 ball (qatnaşmagan)
- Dominikan respublikasi – 339 ball (14 ball ösiş)
- Paragvay – 338 ball (11 ball ösiş)
- Kambodja – 336 ball (12 ball ösiş).




















