Namangan viloyati sudi viloyat hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan Saidahmad Sultonov qamoqqa olinganini tasdiqladi.
Ma’lum qilinişiça, jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudida Namangan viloyati prokurori örinbosarining Saidahmad Sultonovga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagi iltimosnomasi körib çiqilgan.
Hokim örinbosari Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) va 206-moddasi 2-qismi “a” bandida (juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
U Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (uşlab turiş asoslari) tartibida uşlangan.
Jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudi 2023 yil 16 dekabrdagi ajrimi bilan Namangan viloyati prokurori örinbosarining iltimosnomasini qanoatlantirgan va gumon qilinuvçi Saidahmad Sultonovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, tergov hibsxonasiga joylaştirilişi belgilangan.
- 48 yoşli Saidahmad Sultonov 2020 yil oktyabrdan buyon Namangan viloyati hokimining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
- Kun.uz manbasiga köra, sönggi bir oyda korrupsiyaga qarşi kuraşiş tadbirlari doirasida önga yaqin mansabdor şaxs qölga olingan.
- Xususan, sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov, Bekobod tumani hokimi Şuhrat Mirzayev, Soliq qömitasi va Toşkent şahar soliq boşqarmasi mansabdorlari, Markaziy bankning Buxoro viloyati böyiça boşliği Erkin Mansurov












