Nima uçun norasmiy qurilmalar xaridorlarni jalb qiladi? Sababi juda oddiy: arzon narxlar. Ammo bu tejamkorlik norasmiy qurilmalar keltirib çiqaradigan barça xavf-xatarlarga arziydimi? Keling, buni aniqlaymiz.
Norasmiy smartfon nima va uning rasmiy smartfondan farqi nimada?
Norasmiy smartfonlar odatda işlab çiqaruvçining roziligisiz yoki vakolatli distribyutorlar iştirokisiz bir mamlakatdan boşqasiga olib kelinadi. Bular rasman sertifikatlanmagan, va mahalliy bozor uçun töliq funksional sinovdan ötmagan mahsulotlardir. Ular uçun Samsung Electronics kafolati yöq, şuning uçun ularga vakolatli xizmat körsatiş markazlarida bepul xizmat körsatiş mumkin emas hamda qurilmalarning IMEI kodlari uçinçi şaxslar orqali röyxatdan ötgan böladi.
Xaridor uçun qanday xavflar yuzaga keladi?

· Oldindan örnatilgan dasturlar. Norasmiy smartfonlarda oldindan örnatilgan boşqa ilovalar bölişi mumkin yoki aksinça, ma’lum bir mintaqa uçun ilovalar bölmasligi mumkin.
· Dasturiy ta’minotlarning avtomatik yangilanişlari mavjud emasligi. Norasmiy smartfonlarga işlab çiqaruvçi tomondan muntazam dasturiy ta’minot va xavfsizlik yangilanişlari taqdim etilmaydi.
· Til va lokalizatsiya. Muayyan mamlakat yoki mintaqa uçun rasmiy smartfonlar til imkoniyatlari va mahalliy bozorga möljallangan funksiyalarga ega. Norasmiy smartfonlarda esa til sozlamalari yoki tegişli opsiyalar mavjud emas.
· Kafolatlanmagan. Alohida ta’kidlaş kerakki, siz Samsung Electronics tomonidan heç qanday kafolatga ega bölmaysiz. Norasmiy distribyutorlardan sotib olayotganda siz yangi qurilma sotib olayotganingizga işonç hosil qila olmaysiz: u şikastlangan, oçilgan yoki almaştirilgan qismlar bilan qayta yiğilgan bölişi mumkin. Bundan taşqari, agar qurilma buzilgan bölsa, vakolatli xizmat körsatiş markazlari sizga bepul xizmat körsatmaydi.
· IMEI kodi. Norasmiy qurilmalarda IMEI kodlari uçinçi şaxslar nomidan röyxatdan ötgan böladi, bu esa ma’lum xavflarni keltirib çiqaradi: agar qurilmangiz jinoyatçi nomidan röyxatdan ötgan bölsa-çi?
Norasmiy smartfonni rasmiydan qanday ajratiş mumkin?
Mahsulotning qadoqlanişiga e’tibor berişingiz va ma’lumotlar omborida IMEI kodni tekşirişingiz kerak:

















