Avval Mini LED texnologiyasi asosan Samsung kompaniyasining premium toifadagi NeoQLED televizorlarida taqdim etilgan edi. Endi esa kompaniya uşbu texnologiyani yanada kengroq foydalanuvçilar uçun taqdim etib, uning afzalliklaridan köproq insonlar bahramand bölişi imkonini yaratmoqda.
Mini LED: tasvirni idrok etişni özgartiradigan texnologiya
Mini LED — bu ekranni yoritiş texnologiyasi bölib, unda ölçami 1 mmdan kiçik bölgan minglab yoruğlik diodlari qöllanadi. Oddiy LED televizorlarda odatda 100–500 ta LED işlatilsa, Mini LED televizorlarida ularning soni 25 mingtagaça yetadi. Şu tufayli orqa yoritiş köplab lokal xiralaştiriş zonalariga bölinadi va har bir hudud yorqinligi alohida boşqariladi. Natijada televizor kontrastni yanada aniqroq uzatadi: qoronği sahnalarda mayda detallar yöqolmaydi, yoruğ joylar esa ortiqça yorişmasdan tabiiy va boy körinadi.
Foydalanuvçi uçun bu mutlaqo yangi tomoşa tajribasini anglatadi — tasvir yanada çuqur, jonli va realistik böladi, «tekis tasvir» hissi esa yöqoladi.
Hayotiy vaziyatlarda foydalanuvçi uçun afzalliklar
Yangi M70 va M80 televizorlari tasvir sifatining ustunliklarini har kuni his qiliş imkonini beradi:
- Yoruğ xonada ham qulay tomoşa. 500–1000 nit yorqinlik darajasi tufayli televizorni katta derazali mehmonxonada yoki yorqin kunduzgi yoruğlikda ham qulay tomoşa qiliş mumkin.
- Murakkab sahnalarda yuqori aniqlik. Lokal xiralaştiriş zonalari qoronği sahnalarda teksturalarni, yorqin osmonli manzaralarda esa ranglarning nozik ötişlarini saqlab qoladi.
- Öyinlar va sport translatsiyalarida ravon tasvir. Motion Xcelerator 144 Hz va DLG 240 Hz texnologiyalari tezkor harakatlarni silliq aks ettirib, geyming va sport muxlislari uçun yanada qulay tajriba yaratadi.
- Kontentga mos aqlli optimallaştiriş. NQ4 AI Gen2 protsessori tasvir va ovozni real vaqt rejimida tahlil qilib, avtomatik ravişda optimallaştiradi. Masalan, AI Soccer Mode futbol uçraşuvlarini tomoşa qilişda stadion muhitini yanada tabiiy his etişga yordam beradi va yozgi futbol turnirlarini kuzatiş uçun ayni muddao hisoblanadi.
Boşqa yeçimlardan nimasi bilan farq qiladi?
An’anaviy LED televizorlar bilan taqqoslaganda, M70 va M80 modellari sezilarli darajada yuqori yorqinlik, yaxşilangan kontrast hamda orqa yoritişni aniqroq boşqarişni taklif etadi. Şu bilan birga, ular energiya samaradorligi bilan ham ajralib turadi — öxşaş ölçamdagi oddiy LED televizorlarga nisbatan elektr energiyasini 20 foizgaça kam sarflaydi. Bu esa Samsung kompaniyasining öz mahsulotlarida izçil amalga oşirib kelayotgan barqaror rivojlaniş tamoyillariga ham mos keladi.

















