Yaqin haftalarda Buyuk Britaniya Ukraina bilan ön yillik xavfsizlik kafolati şartnomasini imzolaydi va bunday qadam taşlagan birinçi davlatga aylanadi. Bu haqda The Telegraph yozdi.
Kiyev sönggi olti oydan beri 30 ga yaqin davlat bilan şu kabi ikki tomonlama kelişuvlar böyiça muzokaralar olib bormoqda. Dastlab, tegişli hujjat imzolanadigan birinçi davlat Qöşma Ştatlar bölişi rejalaştirilgan, boşqalar undan örnak olişi kerak edi. Biroq Vaşington hozir Kiyevga 2024 yilda qöşimça moliyaviy yordam körsatişni ham kafolatlay olmayapti, şu sababli Amerika-Ukraina harbiy hamkorligining konturlari, asosan, katta söroq ostida. Bunday vaziyatda Birlaşgan Qirollik Ukrainaning şeriklari orasida böş bölgan yetakçi örnini - heç bölmaganda ma’naviy örnini egallaşga qaror qildi.
Ta’kidlanişiça, Rossiyaga qarşi «Kiyevni qöllab-quvvatlaş» maqsadini belgilab beruvçi özaro anglaşuv memorandumining asosi, birinçi navbatda, dengiz hamkorligi böladi.
Yangi kelişuv Ukrainani minalardan tozalaş uçun kemalar bilan ta’minlaş va dengiz kuçlarini mustahkamlaş uçun Buyuk Britaniya va Norvegiya boşçiligidagi «dengiz koalitsiyasini yaratiş böyiça sa’y-harakatlarning davomi böladi.
London dengiz işlaridagi «öz kuçi va bilimi» Ukraina floti imkoniyatlarini oşirişga yordam berişiga işonadi. Qirollik dengiz floti allaqaçon ukrainalik mutaxassislarga uçuvçisiz suv osti kemalari yordamida minalardan tozalaş, dengiz bombalarini, minalangan maydonlarni yöq qiliş, şuningdek, amfibiya operatsiyalarini örgatmoqda.
Biroq, masala şu bilan töxtab qolmaydi. London şuningdek, Kiyevning harbiy ehtiyojlarini moliyalaştiriş majburiyatini oladi.
Kelişuvda qança mablağ yordam berilişi hozirça noma’lum, biroq sönggi ikki yil davomida Buyuk Britaniya Ukrainaga kamida 2,3 milliard funt sterling ajratdi, bu yiliga taxminan 3 milliard dollarga teng. 2024 yilda bu miqdor kamida bir xil darajada bölişi kutilmoqda. Naşrning Britaniya Mudofaa vazirligidagi manbalari Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça aniq rejalarni oşkor qilmadi, biroq ular orasida «yer va havo vositalari» ham borligiga işontirdi.













