Fransiya Milliy assambleyasi (parlamentning quyi palatasi) Senat ortidan munozarali immigratsiya qonun loyihasini ma’qulladi. 19 dekabr, seşanba kuni 349 deputat hujjatni qöllab-quvvatladi, 186 nafari esa unga qarşi çiqdi.
Qonun loyihasi noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilişni soddalaştiriş va migratsiya kvotalarini joriy etişni nazarda tutadi. Ba’zi ijtimoiy nafaqalarni oliş şartlari kuçaytiriladi - endi Yevropa Ittifoqidan taşqaridagi mamlakatlardan kelgan işsiz muhojirlar Fransiyada 5 yil bölganidan keyingina uni olişi mumkin.
Bundan taşqari, Fransiya huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarşi jinoyat sodir etgan ikki fuqaroligi bölgan şaxslardan fransuz pasporti olib qöyilişi mumkin. «Bugun qattiq çoralar köriş zarurati mavjud», dedi ovoz beriş tugaganidan keyin içki işlar vaziri Jyerald Darmanen.
Yelisey saroyining ikkinçi yirik loyihasi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uçun immigratsiya qonunçiligini isloh qiliş pensiya islohotidan keyingi ikkinçi yirik loyihadir. Biroq qonun loyihasini qabul qiliş qiyinçiliklar bilan birga keçdi. Bir neça kun oldin parlament bu hujjatni rad etgandi.
Asl nusxada qonun loyihasi migrantlarning integratsiyalaşuviga kömaklaşiş, şuningdek, Fransiyaga noqonuniy yöllar bilan kelganlarni deportatsiya qilişni soddalaştirişga qaratilgan edi. Biroq, keyinçalik Makron tarafdorlari köpçilik bölmagan Senat hujjatning aksariyat bandlarini qat’iylaştirdi.












