Energetika vazirligi huzuridagi “Özenergoinspeksiya” DXX, Boş prokuratura, elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda dekabr oyining 15 kunida ötkazgan nazorat tadbirlarida 411 nafar iste’molçining tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanişi natijasida davlat manfaatlariga jami 73 milliard 274 million sömlik zarar keltirilgani aniqlandi.

Toşkent viloyatida 20 ta holatda tizimga 25 mlrd 293 mln sömlik, Toşkent şahrida 30 ta holatda tizimga 11 mlrd 308 mln sömlikdan ziyod va Farğona viloyatida 52 ta holatda tizimga 7 mlrd sömlikdan ziyod energoresurslar talon-toroj qilingan.

Qoidabuzar iste’molçilarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar köriş uçun tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.